Get Mystery Box with random crypto!

RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan — FVV bayonoti | Xushnudbek.uz

RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan FVV bayonoti

Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda.

Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.


@xushnudbek