Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-05-30 09:17:21 Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


@xushnudbek
134.6K views06:17
Ochish/sharhlash
2024-05-30 08:29:53
TANLOVDA ADASHMANG! Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul boshlandi!

AIFU bilan ham diplom, ham zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni BEPUL o‘rganish imkoniga ega bo‘lish mumkin!

Taʼlim tili: oʻzbek, rus va ingliz;
Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi;
Qabul imtihoni shakli: onlayn, oflayn.

Shuningdek, universitetda o‘qishni ko‘chirish va 2-mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olish imkoniyati ham mavjud!

Shartnoma toʻlovi narxlari
Bundan tashqari, shartnoma toʻlovini ga boʻlib toʻlash ham mumkin.

aifu.uz/Admission +998785552121 @aifu_admin

Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasi ro‘parasi
Litsenziya (055982-son, 28.12.2022y)
Telegram | Sayt |Instagram |YouTube | Facebook |Reklama
103.7K views05:29
Ochish/sharhlash
2024-05-29 19:31:34
“Nasaf” — uch karra O’zbekiston superkubogi sohibi bo’ldi!

Bugun superkubok bahsida qarshiliklar “Paxtakor” ustidan penaltilar seriyasiga ko’ra g’alaba qozondi.

Asosiy vaqtda hisob 1:1 bo’ldi. Penaltilar seriyasida esa “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matovning qahramonligi evaziga “Ajdarlar”ning qo’li baland keldi. Abduvohid 3 ta zarbani qaytardi va kamiga o’zi ham eng hal qiluvchi pallada juda chiroyli gol urdi.

“Nasaf” jamoasi muxlislarini chin qalbdan tabriklayman!


@xushnudbek
139.9K views16:31
Ochish/sharhlash
2024-05-29 17:47:17
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalarni ma’lum qildi.

2024-yil 27-may holatiga ko‘ra, 48 ming 266 nafar xodim bilan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ 1-o‘rinni band qilgan.


@xushnudbek
137.6K views14:47
Ochish/sharhlash
2024-05-29 16:04:33 Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o'yinlariga chiptasi bo‘lganlarga temir yo‘l chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

Bu “2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida nazarda tutilgan.

Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilangan:

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) BEPUL foydalanadi;

2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi;

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni QR-kod yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.


@xushnudbek
131.9K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-05-29 15:08:40
10 foizlik boshlang’ich to’lovda xonadon xarid qilishni istaysizmi?

Xon Saroy’ning istalgan sotuv bo‘limiga tashrif buyurib, o‘zingizga manzur kelgan xonadon tanlovini amalga oshiring va 10 foizlik boshlang‘ich to‘lovda xonadon xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Aksiya 30-iyungacha davom etadi

G’oliblar Xon Saroy’ning Instagram sahifasida jonli efir orqali aniqlanadi!

Faqat 10 ta omadi kelgan qatnashuvchi 10 foizlik boshlang‘ich to‘lovda xonadon xarid qilishi mumkin!

Bot orqali bogʻlanish

712007400
555017400

xonsaroy.uz
Reklama
128.2K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-05-29 12:23:49
“Bahodir Yalangto‘sh” o’zbek kinosi tarixidagi eng zo’r tarixiy filmmi?

Katta shov-shuvlarga sabab bo’layotgan film 17-asrda yashagan Samarqand hokimi, mohir sarkarda Bahodir Yalangto‘sh haqida bo’lib, rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan. Bahodir Yalangto’shni ko’pchilik “Registon” maydoni asoschisi sifatida yaxshi biladi. “Registon”dagi Sherdor va Tillakori madrasalarini aynan Yalangto’sh qurdirgan.

Filmning ilk yopiq premyerasi majoziy ma’noda Samarqand shahrida o’tkazildi va unga 4 ming nafar tomoshabin keldi. Ertaga Toshkent shahrida ilk ochiq premyerasi bo’lib o’tadi.

Samarqanddagi premyerada qatnashgan do’stlarimiz film haqida juda zo’r fikrlar qoldirishdi. Balki bo’rttirishdir, hatto ayrimlar O’zbek kinosi tarixidagi eng zo’r tarixiy film bo’libdi, ham deyishmoqda. Bu fikrlar qanchalik rostligini ertaga premyeradan so’ng bilib olamiz.


@xushnudbek
138.7K views09:23
Ochish/sharhlash
2024-05-29 10:32:47
Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Poyezdlar 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach, asosan “Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi”da harakatga chiqariladi.


@xushnudbek
134.3K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:51:38 Tailand qirolligi O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

Endilikda O’zbekiston fuqarolari Tailand hududida 60 kungacha vizasiz bo’lishlari mumkin, deya xabar berdi Bangkok Post nashri.

Ushbu o’zgarish 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Tailand hukumati vizasiz rejimni O’zbekistondan tashqari yana 35 ta davlatga joriy qilgan va bunday davlatlarning jami soni 93 taga yetgan.


@xushnudbek
142.8K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:18:30
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi

Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:

Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);
- lotin tili 4 oylik (576 soat);
Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat);

Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o'qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.

Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat);

Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.

Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi - 1 oylik.

Boshlanish sanasi: 2024-yil 20-iyun

Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish

Telefon: 90-336-56-01

Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.

Ta’lim reklamasi
152.4K views06:18
Ochish/sharhlash