Get Mystery Box with random crypto!

Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi Oliy t | Xushnudbek.uz

Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

Shundan:
Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.


@xushnudbek