Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-05-29 07:58:44
2024-yil I choragi davomida 22 ming 151 nafar talabaga imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 183,8 mlrd soʻm ajratilgan.

Ushbu kreditlarning 80 foizi (17 ming 830 nafar) xotin-qizlarga berilgan.


@xushnudbek
138.4K views04:58
Ochish/sharhlash
2024-05-28 17:03:55 Jahon banki INSON ijtimoiy loyihasini amalga oshirish uchun 100 million dollar ajratadi

Loyiha doirasida sifatli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish, muhtoj shaxslarga zamonaviy turdagi reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash, zoʻravonlik qurboni boʻlgan barcha ayollarga kompleks xizmat koʻrsatish, iqlim oʻzgarishi va moslashuvchan ijtimoiy himoya boʻyicha xodimlarni tegishli dasturlar asosida oʻqitish maqsad qilingan.

Shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlik hamkorlik doirasida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda nodavlat sektorining ulushini koʻpaytirish ham koʻzda tutilgan.


@xushnudbek
153.6K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-05-28 16:30:06
Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida qabul davom etmoqda!

Qabul jarayonlari 1-2-iyun kunlari bo’lib o’tadi, 3-iyundan darslar boshlanadi. O‘quvchilar 7-11 sinflarga qabul qilinadi.

Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar chuqurlashtirilgan holda, o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi:

1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili
4. Tarix;
5. Matematika.

Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.

Qabul soni cheklangan

Batafsil ma’lumot: https://www.youtube.com/@ibnsinoeducation3090

Hoziroq bog'laning: +998948553366, +998911188136, +998916590793

Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
Manzil

Reklama
154.0K views13:30
Ochish/sharhlash
2024-05-28 12:53:20 Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/7256 Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda…
192.1K views09:53
Ochish/sharhlash
2024-05-28 08:31:56
Navoiy viloyati Konimex tumanining “Sho‘rko‘l” MFY hududida fuqaro Y.O. tomonidan tabiiy suv havzasida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlangan.

Buning natijasida tabiatga 1 mlrd 240 mln 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

Ma'lumot uchun, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan.


@xushnudbek
156.6K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-05-25 15:48:25 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Bu nima degani?

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.


@xushnudbek
161.7K views12:48
Ochish/sharhlash
2024-05-25 13:46:36 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab:

davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno;

davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi.

Bu nima degani?

Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.


@xushnudbek
151.6K views10:46
Ochish/sharhlash
2024-05-25 13:06:53
23-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Fan javohirlari” olimpiadasining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

90 mingdan ortiq maktab o’quvchilari ishtirok etgan ushbu olimpiada g’oliblari universitetda 4 yil davomida grant asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishdi. Shu bilan birga, tanlovda yaxshi ishtirok etgan bir qator ishtirokchilarga 15 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar hamda kitoblar to’plami sovg'a qilindi.

Agar siz ham shunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi universitet talabasi bo’lishni istasangiz, admission.usat.uz havolasi orqali o’tib, hujjatlaringizni topshiring. Fan va texnologiyalar universitetiga qabul 1-iyundan ochiladi.

Sizlar bilan universitetimizning talabasi sifatida uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

Batafsil ma'lumot uchun
78-888-38-88 yoki @usat_admins

Universitet telegram kanali: @usatuzb

Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

Reklama
114.8K viewsedited  10:06
Ochish/sharhlash
2024-05-25 11:50:36
Yaqinda "Ma’rifat" gazetasi 25-may munosabati bilan maktabni bitirayotgan o‘quvchilarga tilaklar yozib berishimni so‘ragandi. O‘sha tilaklarni bu yerda ham e’lon qilmoqchiman:

Hurmatli bitiruvchi uka-singillarim!

Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lidagi vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman.

Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap.

Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda.

Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi.

Sizlarga omad va baxt tilab, Xushnudbek.


@xushnudbek
124.0K views08:50
Ochish/sharhlash
2024-05-25 09:54:45 Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.

Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.

Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.


@xushnudbek
136.6K views06:54
Ochish/sharhlash