Get Mystery Box with random crypto!

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlik boshl | Xushnudbek.uz

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlik boshlandi

Bu yilgi muloqot Qoraqalpogʻistonda boʻlishi kutilmoqda. Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan muloqotda biznes egalari uchun qator yangiliklar aytilgan edi. Jumladan, 2024-yilning 1-fevralidan joriy etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha ham ayni oʻtgan yilgi uchrashuvda topshiriq berilgandi.

Savdo-sanoat palatasining maʼlumot berishicha, mazkur tartib joriy qilingan paytda eng yuqori – “AAA”, “AA” va “A” koʻrsatkichga ega boʻlgan tadbirkorlar soni 727 nafar boʻlgan boʻlsa, hozirga kelib ular 4 ming 398 tani tashkil etmoqda. Oʻrta “BBB”, “BB” va “B” reytingli tadbirkorlik subyektlari esa 36 ming 853 tadan 87 ming 922 taga oshgan.

Reytingda eng yuqori boʻlgan “AAA” koʻrsatkichli tadbirkorlik subyektlariga tizim joriy qilinganidan buyon 213 ta holatda 213,5 milliard soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻidan boʻlgan ortiqcha mablagʻlar qaytarib berilgan.

Bu yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ham biznes uchun bir qator yangiliklar eʼlon qilinishi kutilmoqda.


@xushnudbek