Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-06-11 08:03:03
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
Dorilarning sanoat texnologiyasi;
Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

Lokatsiya
Batafsil ma'lumot

Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
162.2K views05:03
Ochish/sharhlash
2024-06-11 06:44:45 Elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 11-iyun kuni Toshkent shahridagi quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirzo Ulug'bek tumani:

«Avayxon» va «Sayram» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Olmazor tumani:

«Oltinsoy», «Islom ota», «Qichqiriq», «Istiqbol»,
«G'alaba», «Tabassum», «Bo'stonobod», «Shodiyona», «Yangi Toshkent», «Moyariq», «Ahil» hamda «Elparvar» MFYlarining ayrim hududlarida soat  08:00 dan 17:00 gacha.


@xushnudbek
149.7K views03:44
Ochish/sharhlash
2024-06-10 22:40:53
Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Farxod Mirzayev “Hisorak” suv ombori oldida turib, holat bo’yicha video murojaat yo’lladi.

Murojaatda aytilishicha, har yili yoz fasli boshida paxta va g’allani sug’orish maqsadida Qamashi tumanidagi “Chimqo’rg’on” suv omboriga suv chiqariladi. Joriy yilda ham shu tadbir amalga oshirilgan vaqtda suv sathi ko’tarilishi kuzatilgan.

Mas’ullar aholidan vahimaga tushmaslikni, hammasi nazorat ostida ekanligini, hech qanday jiddiy xavf yo’qligini, yolg’on xabarlarga ishonmaslikni ta’kidlashgan.

Shuningdek, aholidan o’z yashash joylarini tark etmaslik, aksincha hamma o’z yashash uyida qolib, tunni sokin o’tkazishlari so’ralgan.


@xushnudbek
200.9K viewsedited  19:40
Ochish/sharhlash
2024-06-10 21:29:43 RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan FVV bayonoti

Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda.

Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.


@xushnudbek
230.4K viewsedited  18:29
Ochish/sharhlash
2024-06-10 21:08:13 Shahrisabz tumanida joylashgan Hisorak suv omboridan ko‘p miqdorda suv chiqqani hamda quyi oqim yo‘llariga oqgani sababli barcha mas’ul tashkilotlar voqea joyida tegishli ishlarni amalga oshirmoqda. Xabar berishlaricha, vaziyat nazoratga olingan.

Tez orada rasmiy munosabat bildiriladi.


@xushnudbek
191.8K viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2024-06-10 19:40:20 Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

10-iyundan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

● 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
● O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.


@xushnudbek
204.2K views16:40
Ochish/sharhlash
2024-06-10 16:46:38
Bugundan “Mening bogʻim” loyihasiga start berildi

Jarayon quyidagi 3 ta bosqichda oʻtkaziladi:

Taklif kiritish (10-iyundan – 20-iyungacha);

Saralash (20-iyundan – 23-iyungacha);

Ovoz berish (23-iyundan – 3-iyulgacha).

Tashabbuslarni openbudget.uz/boards/initiatives saytida qoldirishingiz mumkin.

Loyihaga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi yo‘naltiriladi. Joriy yilda jami 52 mlrd so‘m mablag‘lar ajratiladi (har bitta tuman va shaharga 250 mln so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanadi).

Siz ham tashabbus koʻrsating va bog’ yarating!


@xushnudbek
203.2K views13:46
Ochish/sharhlash
2024-06-10 15:03:44
Jazirama issiq mutolaa uchun ajoyib imkoniyat. Togʻda, xiyobonda, hovlida yoki shunchaki muzdek xonada qiziqarli kitob mutolaa qilishga nima yetsin?!

Yoz oylarida oʻqish uchun Asaxiy’dan chegirma narxda qiziqarli kitoblardan iborat toʻplam.

Beshtasi birda va super chegirma narxda:

1. Devid Bax, Jon Devid Mann: “Latte omili”;

2. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: “Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari”;

3. Devid Nikolls: “Bir kun. Bir muhabbat tarixi”;

4. Henri Marsh: “Ozor berma: Hayot, oʻlim va neyrojarrohlik”;

5. Gabriel Garsia Markes: “Buzrukning kuzi”.

Toʻplam 199 000 soʻmdan sotilmoqda! Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul!

Taklif 12-iyungacha amal qiladi.

Hoziroq xarid qiling: asaxiy.uz/u/6662b14035d57

Reklama
161.3K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-06-10 11:22:05
Yerosti kabellaridagi yongʻin sababli davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilmoqda

Bugun, 10-iyun kuni soat 08:10 lar atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan oʻtgan yerosti tunnelida yongʻin sodir bo‘ldi.

Yongʻin kelib chiqishiga “Oʻzbekiston” podstansiyasidan chiqqan kabel tarmogʻi shikastlanishi sabab boʻlgani maʼlum qilindi. Yongʻinni oʻchirish uchun 9 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri ham yetib borgan. Yongʻin 1 soatda bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, ammo Yakkasaroy tumanining Konstitutsiya va Yunus Rajabiy mahallalari hamda Mirobod tumanining Abdulla Avloniy va At-Termiziy mahallalaridagi aholi isteʼmolchilari elektr energiyasidan uzilgan.

Shuningdek, IIV binosi yonidan oʻtgan yerosti kabellari yonishi oqibatida Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kelib chiqqan.


@xushnudbek
165.1K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-06-07 19:20:24 Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak?
#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga:

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.


@xushnudbek
87.5K views16:20
Ochish/sharhlash