Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-06-21 15:38:00 Senatorlar “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunni maʼqulladi.

Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.


@xushnudbek
173.9K views12:38
Ochish/sharhlash
2024-06-21 14:33:08
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.


@xushnudbek
136.1K views11:33
Ochish/sharhlash
2024-06-21 13:39:42 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258

Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
ariza (onlayn tarzda);
transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


@xushnudbek
189.8K views10:39
Ochish/sharhlash
2024-06-21 12:32:51
To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi.

U bunga qadar Oliy sud raisi o‘rinbosari edi.


@xushnudbek
148.7K views09:32
Ochish/sharhlash
2024-06-21 12:00:44
Fan va texnologiyalar universitetiga qabul davom etmoqda!

Fan va texnologiyalar universiteti talabalar uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyat va qulayliklarni taqdim etadi. Jumladan:

Malakali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim;
Xalqaro universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik aloqalari;
Davlat namunasidagi bakalavr diplomi;
4 yil davomida grant asosida ta’lim olish imkoniyati;
Har semestrda talabalarga beriladigan “Rektor stipendiyasi”;
Kontraktni yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati;
Talabalar uchun birinchi kursdan amaliyot o‘tash imkoniyati.

Agar siz ham shunday universitet talabasi bo’lishni istasangiz, hoziroq hujjatlaringizni topshiring.

Onlayn hujjat topshirish: qabul.usat.uz
Mavjud ta’lim yo’nalishlari
Kontrakt narxlari

Murojaat uchun: 78-888-38-88 yoki @usat_admins

Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

@usatuzb
Reklama
148.1K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-06-21 11:26:51
Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana qayta 5 yil muddatga Bosh prokuror lavozimiga tayinlandi

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Senatning yalpi majlisida Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodi senatorlar tomonidan Bosh prokuror lavozimiga ma’qullandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 95-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodni Prezident taqdimiga binoan Senat ko‘rib chiqadi hamda ma’qullaydi.


@xushnudbek
151.8K views08:26
Ochish/sharhlash
2024-06-21 10:53:23
Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilayotgani sabab 1-avgustga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi “Buyuk Turon” ko‘prigi avtomashinalar harakati uchun yopiladi.

Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan mashinalar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatlarini davom ettirishi mumkin. Avtoulovlar harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatilgan.


@xushnudbek
144.2K views07:53
Ochish/sharhlash
2024-06-21 08:40:06
Hukumat tizimida bir qator tayinlovlar bo‘ldi, bular quyidagilar:

Rafiqov Abduvaqqos Vohidovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi;

Axmedxadjayev Azim Israilovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;

Umarov Olimjon Muhammadjonovich Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

Tursunov Jamshid Yunusovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi;

Abdurahmonov Amriddin Nasriddinovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

Suvonqulov Ahmad Xudoyshukurovich «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.


@xushnudbek
164.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2024-06-16 03:42:47
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlaridan tabrik.


@xushnudbek
134.9K views00:42
Ochish/sharhlash