Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-06-15 11:25:25
Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqalari bilan Samarqand shahriga tashrif buyurdi


@xushnudbek
133.7K views08:25
Ochish/sharhlash
2024-06-15 10:42:13
Qurbonlik haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar

00:00 Qurbonlik qilish kimlarga vojib?
01:38 Qurbonlik qilishni vojib qiladigan boylikning miqdori qanday hisoblanadi?
04:20 Butun bir oiladan birgina qo‘y kifoya qiladimi?
05:03 Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki katta o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joizmi?
06:25 Beparvolik qilib qurbonlik qilmagan kishi nima qiladi?
06:54 O‘tganlarning nomidan qurbonlik qilinadimi?
08:02 Erkak yoki urg‘ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?
08:30 Qurbon hayiti kuni qurbonlik qilishdan avval biror narsa yemay turishning diniy asosi bormi?
09:00 Qurbonlik qilishni niyat qilgan kishi tirnoq va sochlarini olmasligi kerakmi?
12:02 Vakillik yo‘li bilan qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
12:25 Qurbonlikni vaqti haqida to‘xtalib o‘tsangiz?
13:42 Qurbonlik qilish mumkin bo‘lgan kunlardan qaysi birida qurbonlik qilish afzal?
14:21 Musofir kishiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladimi?
14:47 Qassobga qurbonlik go‘shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
16:13 Qurbonlik so‘yishda "Bismillahi Allohu akbar" demasdan "Bismillah" desa ham o‘tadimi?
16:30 Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik boshqalar sherik bo‘la oladimi?
17:38 Qurbonlik go‘shtidan boylarga bersa bo‘ladimi?
18:24 Hayvon sotib olinganidan so‘ng kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
19:25 Qurbonlik go‘shtidan o‘zga din vakillariga ham berish mumkinmi?
19:43 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga atab qurbonlik uchun qo‘y so‘yish mumkinmi?
20:16 Aqiqa va Hayitning qurbonligini bitta qilsa bo‘ladimi?
21:18 Tuya va sigirga bir kishi qurbonlik, yana biri nazr, yana biri aqiqa, yana biri nafl niyatida qo‘shilsa bo‘ladimi?
22:21 Hayvon so‘yganda uni og‘iz bilan puflab shishirish joizmi?
23:31 Qurbonlik qilinadigan hayvon necha yosh bo‘lishi kerak?
24:00 Qurbonlikka yig‘ilgan pulni ehson qilish afzalmi?
24:37 Hajdagi qurbonlik, vojib qurbonlikka o‘tadimi?
26:37 Qurbonlik qilishda maxsus duo bormi?
27:24 O‘zi so‘ygani yaxshimi yoki qassobga so‘ydirganimi?
28:43 Qurbonlik qilayotganda hayvonning oyog‘idan ushlab turish kerakmi?
29:03 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatning nomidan qurbonlik qilganmilar?

#qurbonlik
Manba: MuslimUz


@xushnudbek
148.0K views07:42
Ochish/sharhlash
2024-06-15 08:32:17 Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun, 15-iyun kuni rasman ishga chiqqanlar, xususan 6 kunlik ish haftasida ishlovchi barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.


@xushnudbek
129.4K views05:32
Ochish/sharhlash
2024-06-15 08:03:14
Mobil aloqa haqini oʻz vaqtida to‘lashingiz haqida oʻzimiz qaygʻuramiz!

Ucell mobil ilovasidagi “Avtoto‘lov” xizmati yordamida Siz uyali aloqa va boshqa ko‘plab xizmatlar uchun toʻlovlarni o‘z vaqtida toʻlashingiz mumkin. Buning uchun toʻlov vaqtlarining barchasini eslab qolishingiz ham shart emas.

Ucell mobil ilovasining “Mablag‘lar” bo‘limidagi “Avtoto‘lov” xizmatidan foydalanish kifoya!

Reklama
125.9K views05:03
Ochish/sharhlash
2024-06-14 17:33:08
Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan 6 ta tez yurar elektropoyezdlar xarid qilinadi.

Buning uchun Koreya Eksport-import banki 35 yil muddatga 185 million yevro kredit ajratadi.

“Jaloliddin Manguberdi” deb nomlanuvchi poyezdlar Toshkent - Urganch  - Xiva yo‘nalishida qatnaydi. Toshkentdan Xivagacha 7 soatda yetib boruvchi poyezdda 7 vagon va 351 ta o‘rindiq bo‘ladi. Soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi.


@xushnudbek
153.2K views14:33
Ochish/sharhlash
2024-06-14 17:03:34
IT va dasturlashga qiziqasizmi?

Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Universitetda siz dasturlashning barcha zaruriy bilimlarini o'rganasiz hamda tajribali professor-o‘qituvchilar IT sohasidagi karyera sari muhim qadam tashlashingizga yordam beradi.

Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram
Reklama
140.9K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-06-14 16:24:26
UzChess Cup superturnirining Challengers guruhida Shamsiddin Vohidov 6,5 ochko bilan chempion bo’ldi!

Shamsiddin bironta o’yinda mag’lub bo’lmadi va eng asosiysi turnirda to’plagan reyting ochkolari natijasiga ko’ra dunyoning TOP-100 shaxmatchilari qatoriga qo’shildi.

UzChess Cup turnirining Futures guruhida esa kuchli uchlikni quyidagilar egalladi:

1-o’rin: Vitaliy Sivuk;
2-o’rin: Bardiya Daneshvar;
3-o’rin: Saidakbar Saydaliyev.


@xushnudbek
135.9K views13:24
Ochish/sharhlash
2024-06-14 15:56:13
Nodirbek Yakubboyev — UzChess superturniri chempioni!

Hozirgina o’z nihoyasiga yetgan turnirning oxirgi turida Nodirbek Yakubboyev xitoylik Yu Yangyi bilan durang o’ynadi. Natijadan Nodirbekning o’zi qoniqmadi, hatto biroz jahli ham chiqdi, chunki g’alabali vaziyatda edi.

Ammo shunday bo’lsa-da, qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra, Yakubboyev 5,5 ochko bilan “Masters” guruhida chempion bo’ldi.

2-o’rinni yana bir yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov egalladi. U ham oxirgi turda durang o’ynadi.

3-o’rinni Yu Yangyi qo’lga kiritdi.

G’oliblar quyidagi miqdordagi mukofotlar bilan taqdirlandi:

1-o’rin — 25 ming AQSh dollari;
2-o’rin — 20 ming AQSh dollari;
3-o’rin — 15 ming AQSh dollari.


@xushnudbek
133.0K views12:56
Ochish/sharhlash
2024-06-14 14:39:02
Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan:

– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;

– Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

– Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum.


@xushnudbek
131.8K views11:39
Ochish/sharhlash
2024-06-12 09:31:52 Qurbon Hayiti munosabati bilan 16-iyun, yakshanba kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi.

Shuningdek, bu kunda metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.


@xushnudbek
52.2K views06:31
Ochish/sharhlash