Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-06-02 00:01:27
Real Madrid — chempion!

Hisob: 2-0
Gollar: Dani Karvahal, Vinisius


@xushnudbek
182.8K views21:01
Ochish/sharhlash
2024-06-01 20:50:56
O’zbeklar hamma joyda bor

Ayniqsa, vodiyliklar. Yana ham ayniqsa, anjanliklar


@xushnudbekuz
165.9K views17:50
Ochish/sharhlash
2024-06-01 17:50:28
O‘zbekistonda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayotgan top-10 korxona e’lon qilindi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayotgan top-10 korxonalar ro‘yxati taqdim etildi.

Unga ko‘ra, 12 mingdan ortiq ayol-qizlar bandligi ta’minlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxat 27-may holatiga tayyorlanibdi.

@xushnudbek
173.2K views14:50
Ochish/sharhlash
2024-06-01 16:49:44
Zamonaviy kasblarni “Najot ta’lim”da oʻrganing

Oʻzining Toshkent, Fargʻona va Xorazmdagi 5 ta filialida 3000 dan ortiq oʻquvchilarga taʼlim berib kelayotgan “Najot Taʻlim” markazida dasturlash, dizayn va marketing yoʻnalishidagi barcha kurslarga qabul boshlandi.

Maʼlumot oʻrnida, markazni shu vaqtgacha 6500 dan ortiq bitiruvchilar muvaffaqiyatli tamomlagan.

Siz ham bitiruvchilarining 85%-95% gachasi ishli boʻlib kelayotgan ishonchli markazda taʼlim olishni istasangiz, quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting.

Roʻyxatdan oʻtish

@najottalim | 78-888-9-888 | Reklama
162.9K views13:49
Ochish/sharhlash
2024-06-01 13:11:57 Toshkentda bayram munosabati bilan tashkil etilgan tekinga narsalar tarqatish aksiyalari toʻxtatildi — Ichki ishlar vazirligi

Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Ashxobod” sayilgohida tekinga oʻyinchoqlar tarqatilishi haqida eʼlon qilinishi ortidan soat 12:00 larda bogʻ atrofida va uning ichida tiqilinch vaziyat yuzaga kelgan. Shuningdek, sayilgoh yaqinidagi avtomobil yoʻllarida tirbandliklar kelib chiqqan.

Shu sababli Ichki ishlar vazirligi poytaxtda jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan bu kabi aksiyalar toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Ayni paytda vaziyat toʻliq nazoratga olingani, tiqilinchlar va yoʻllardagi tirbandliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar va tobi qochganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.


@xushnudbek
167.7K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-06-01 11:25:01
Buxoroda yangi aeroport qurish uchun 226 mln dollar sarflanadi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida viloyat turizm salohiyatini rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratdi.

Davlat rahbari Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishiga hozirlik koʻrilayotganiga qaramay, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayotganini tanqid qildi.

Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bogʻi va sunʼiy koʻlni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Buxoro aeroporti sayyohlar oqimini ikki baravarga oshirish rejasi uchun kichiklik qilayotgani bois, kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 baravar koʻp quvvatga ega 226 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilishiga start berilgani aytildi.


@xushnudbek
150.9K views08:25
Ochish/sharhlash
2024-06-01 10:03:59
Bugun Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Nechta o'quvchi qabul qilinadi?
Qaysi hududga topshirish mumkin?

Javoblar bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23930

Eslatib o'tamiz, talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

Call-markaz: 1206


@xushnudbek
207.3K views07:03
Ochish/sharhlash
2024-06-01 08:31:16
Buxoroda yangi xalqaro aeroport, quyosh elektr stansiyasi va gaz-kimyo majmuasi qurilishiga start berildi

— Kecha, 31-may kuni davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi;

— shundan soʻng, “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushgan birinchi zavod – umumiy qiymati 58 million dollar boʻlgan, metall quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanishdi;

— Shavkat Mirziyoev, shuningdek, Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi;

— koʻrgazmadan soʻng, uchta yirik loyiha – “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasida polimer mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan gaz-kimyo majmuasi, Olot tumanida 250 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi hamda Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishiga start berildi;

— soʻngra, Prezident Qorakoʻl tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi;

— davlat rahbari tashrifning keyingi qismida Qorakoʻl tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivini borib koʻrdi;

— Prezident Qorakoʻl tumanida yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi va avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha namunaviy loyihalar bilan tanishdi.


@xushnudbek
169.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-05-30 13:02:14
Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi

Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.

Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan.


@xushnudbek
51.6K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-05-30 11:57:12 29-may kuni qabul qilingan Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra:

Fiskal huquqbuzarliklar sodir etish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi (ilgari bu miqdor realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum bilan teng bo‘lgan).

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.


@xushnudbek
72.7K views08:57
Ochish/sharhlash