Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-06-06 20:02:35 Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

JAVOB: ushbu savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, hali Qurbon Hayiti kuni rasman belgilanmaganini hisobga olishimiz kerak.

Hozircha Qurbon hayiti kuni, ya’ni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, unda O‘zbekistonda olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Qaysi kunga to’g’ri kelishining ahamiyati yo’q.

Keling, hayit 16-iyunga to’g’ri kelsa, dam olish kunlari qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz:

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).


@xushnudbek
192.7K views17:02
Ochish/sharhlash
2024-06-06 19:31:44
O’zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g’alaba qozondi.

Guruhdagi oxirgi uchrashuvda yigitlarimiz 11-iyun kuni Eronga qarshi maydonga tushadi.


@xushnudbek
147.9K views16:31
Ochish/sharhlash
2024-06-03 16:32:22
“Onajonim, birga oʻynaymizmi?”

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusiga koʻra ijtimoiy rolik suratga olindi.

Videoda ota-onalarning farzandlari bilan munosabatlarda ularni tushunishga intilishi, fikrlarini hurmat qilishi va ularga vaqt ajratishi zarurligi aks ettiriladi.

@xushnudbek
49.6K views13:32
Ochish/sharhlash
2024-06-03 15:33:25
Qatar oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistondan Qatarga ishchi kuchi jalb qilish va ularni tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Qatar mehnat vaziri ayni vaqtda ushbu mamlakatda tibbiyot, taʼlim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik kadrlarga talab yuqori ekanligi taʼkidladi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Qatarda ishlash istagida boʻlganlarni qiynayotgan eng katta masala – til toʻsigʻi muammosini yechish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi.

Endilikda ikki mamlakat vazirliklari oʻrtasida qoʻshma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yigʻilishi Qatarda oʻtkaziladi.

@xushnudbek
75.4K views12:33
Ochish/sharhlash
2024-06-03 15:04:11
Grant yutish va stipendiya olish kabi koʻplab imkoniyatlar maskani — Fan va texnologiyalar universitetida qabul boshlandi!

Oliygoh 2022-yil tashkil topgan boʻlib, hozirda 5000 dan ortiq talabalar 12 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim olib kelmoqda.

Keng, shinam va eng yangi texnikalar bilan jihozlangan oʻquv xonalari, 100 dan ortiq kompyuterga ega elektron kutubxona va kovorking markazi, butun universitet boʻylab bepul Wi-Fi mavjud.

Bundan tashqari, taʼlim granti yutib olish, stipendiya olish, kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud.

Hoziroq admission.usat.uz sayti orqali ro'yxatdan o'ting.

Batafsil ma'lumot uchun: 78-888-38-88 yoki @usat_admins

Universitet telegram kanali: @usatuzb

Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

Reklama
74.7K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-06-03 11:58:41
Bugundan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga (jami 37 kishi) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 104, 109, 138, 165, 168, 228, 242, 243, 273, 276 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Hozirda 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “garov“ tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh aniqlangan.


@xushnudbek
105.9K views08:58
Ochish/sharhlash
2024-06-03 09:28:06 Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


@xushnudbek
156.5K views06:28
Ochish/sharhlash
2024-06-03 08:57:28 5 yilda TOP—1000 lik reytingga kirishni maqsad qilgan universitet — TAFUʼda suhbat

Oliy Taʼlim Muassasalari Tahlili loyihasining navbatdagi sonida Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarov, shuningdek, universitet oʻqituvchilari hamda talabalari bilan suhbat qurdik.

Toʻliq suhbatni tomosha qilish:




Faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan universitet rektori bilan dargohni TOP-1000 lik reytinggiga kiritish maqsadi, oʻqituvchi va talabalar bilan esa nima uchun aynan mazkur universitetni tanlaganliklari haqida suhbatlashdik.


@xushnudbek
122.8K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2024-06-02 20:58:29 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it (hikoya)

Izoh: Olapar o‘z xo‘jayinini judayam yaxshi ko‘rar edi. Kunlardan bir kuni olapar sababli xo‘jayin va uning xotini o‘rtasida tortishuv yuzaga keladi. Birozdan so‘ng xo‘jayin olaparni doimgidek sayrga olib chiqadi. Bu safar avvalgidan farqli ravishda, uning bo‘yniga chilvir solingan edi.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/murod-muhammad-dost-darvoza-yonidagi-it

Audio hikoyani eshitish uchun:




Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
145.1K views17:58
Ochish/sharhlash
2024-06-02 12:11:54
Real Madrid gollari, Karlo Anchelottining raqsi va parvozi hamda yana chempion bo’la olmagan Marko Roys…


@xushnudbek
159.7K views09:11
Ochish/sharhlash