Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok | Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan:

– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitimlar;

– Koreya Eksport-import banki bilan o‘rta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv;

– Malakali va professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum.


@xushnudbek