Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Meh | Xushnudbek.uz

Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun, 15-iyun kuni rasman ishga chiqqanlar, xususan 6 kunlik ish haftasida ishlovchi barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.


@xushnudbek