Get Mystery Box with random crypto!

Nodirbek Yakubboyev — UzChess superturniri chempioni! Hozirgi | Xushnudbek.uz

Nodirbek Yakubboyev — UzChess superturniri chempioni!

Hozirgina o’z nihoyasiga yetgan turnirning oxirgi turida Nodirbek Yakubboyev xitoylik Yu Yangyi bilan durang o’ynadi. Natijadan Nodirbekning o’zi qoniqmadi, hatto biroz jahli ham chiqdi, chunki g’alabali vaziyatda edi.

Ammo shunday bo’lsa-da, qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra, Yakubboyev 5,5 ochko bilan “Masters” guruhida chempion bo’ldi.

2-o’rinni yana bir yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov egalladi. U ham oxirgi turda durang o’ynadi.

3-o’rinni Yu Yangyi qo’lga kiritdi.

G’oliblar quyidagi miqdordagi mukofotlar bilan taqdirlandi:

1-o’rin — 25 ming AQSh dollari;
2-o’rin — 20 ming AQSh dollari;
3-o’rin — 15 ming AQSh dollari.


@xushnudbek