Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.00K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-05-24 09:36:53
Tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan platforma orqali eksport bilan bog'liq muammolarga yechim topishingiz mumkin

subsidiya.epauzb.uz elektron platformasi bilan qator masalalarda 5 daqiqada murojaat, shikoyat yoki taklifni yo‘llab, ariza holatini 24/7 rejimda real vaqtda kuzatib borish mumkin.

Qanday masalalarda murojaat qilish mumkin?

bank-moliya va soliq;
imtiyoz;
subsidiya va preferensiyalar;
bojxona va karantin;
kommunal xizmatlar;
sertifikat;
ruxsatnomalar va kvotalar;
transport-logistika.

Barcha murojaatlarning hal etilishi tegishli davlat organlari nazoratida. Bu esa hech bir murojaat javobsiz qolmasligini anglatadi.


@xushnudbek
133.0K views06:36
Ochish/sharhlash
2024-05-21 21:16:36 Ertaga, 22-may — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.


@xushnudbek
48.9K views18:16
Ochish/sharhlash
2024-05-21 16:17:22
2024-yilda Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi.

Maʼlumot uchun, ziyoratchilar Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasida, Makka shahrida esa “Abraj al-Dana”, “Al-Ayam Elite”, “Dali Hotel”, “Najma Al-Saad”, “Open Hotel”, “Shueae Nozha Hotel”, “Ayed Al-Saha” mehmonxonalarida istiqomat qiladilar.


@xushnudbek
102.7K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-05-21 15:46:36
Mobiuz yangi “Kerakli 30” tarifini e'lon qildi.

U O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, oyiga 25 000 MB va 2 000 ta SMS'ni oʻz ichiga oladi. Tarif abonent toʻlovi atigi 30 ming so'm.

Tarif joriy yilning 31-iyuligacha (shu jumladan) kompaniya ofislarida va dilerlarning savdo nuqtalarida faqat yangi ulanishlar uchun amal qilmoqda.

Tarifning batafsil shartlari

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi

Reklama
107.0K views12:46
Ochish/sharhlash
2024-05-21 15:29:02 Ertaga Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan marhum Prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Delegatsiyamizga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.


@xushnudbek
97.9K views12:29
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:33:51
Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.


@xushnudbek
114.5K views10:33
Ochish/sharhlash
2024-05-21 12:04:28 Daraxtlarni qarovsiz qoldirish va ekilmagan ko‘chatlarni qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Andijonda 19 ta holatda 1128 tup daraxt sug‘orilmaydigan yerlarga ekilganligi aniqlangan va  holat bo‘yicha 6 nafar mas’ul shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Qashqadaryoda 12 ta holatda ekilmagan 48 348 tup daraxt qo‘shib yozilganiligi ma’lum bo‘lgan hamda Kasbi, Mirishkor, Chiroqchi tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, Kitob va Chiroqchi tuman ekologiya bo‘lim boshliqlari intizomiy hamda 2 nafar mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari Yuqorichirchiq tuman hududida ekilgan 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilib, tabiatga 1 mlrd 487 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov hakatlari olib borilmoqda.


@xushnudbek
120.9K views09:04
Ochish/sharhlash
2024-05-21 10:05:35 “Shaffof” brendi ostidagi gaz toʻldirish shoxobchalari masʼullariga sud hukmi oʻqildi

“Shaffof” nomi ostida faoliyat yurituvchi gaz shoxobchalari masʼullari 2018-2023-yillar davomida 447,5 milliard soʻmlik soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaganlikda ayblandi. Ular bu muddat mobaynida 1 trillion 376,5 milliard soʻmlik savdo tushumlarini yashirib, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdorda buzgan. Bu haqda KunUz xabar bergan.

Ish doirasida 80 ga yaqin "metan zapravka”, 120 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari sotilib, sotuvdan tushgan pullar yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun yoʻnaltirilishi belgilangan. Shuningdek, 4 ta uy, 30 ga yaqin “metan zapravka” hamda bitta “Cadillak escalade-4” avtomobili xatlanib, davlat egaligiga oʻtkazilgan.

Sud hukmiga koʻra, MChJ taʼsischilari Ulugʻbek va Oybek Toshmatov Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan aybdor deb topilib, 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari, yana 10 kishiga nisbatan 3 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


@xushnudbek
132.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2024-05-21 09:10:42
Osiyo Xalqaro Universitetida 2024—2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Xalqaro muhit va yuqori sifatli ta’lim standardlariga ega Osiyo Xalqaro Universitetida bakalavr va magistratura kirish imtihonlariga start berildi.

Endilikda kirish imtihonlarida ishtirok etish mutlaqo bepul!

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Osiyo Xalqaro Universitetining 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998553050009

Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y)

Telegram | Instagram | Facebook

Ta'lim reklamasi
218.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2024-05-21 07:24:37
Oʻzbekistonda oʻtadigan FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy logotipi e’lon qilindi.

Eslatib o’tamiz, musobaqa 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida bo’lib o’tadi. 26-may kuni esa Registon maydonida qur’a tashlash marosimi o’tkaziladi.


@xushnudbek
138.5K views04:24
Ochish/sharhlash