Get Mystery Box with random crypto!

23-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Fan javohirl | Xushnudbek.uz

23-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida “Fan javohirlari” olimpiadasining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

90 mingdan ortiq maktab o’quvchilari ishtirok etgan ushbu olimpiada g’oliblari universitetda 4 yil davomida grant asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishdi. Shu bilan birga, tanlovda yaxshi ishtirok etgan bir qator ishtirokchilarga 15 million so’mgacha bo’lgan vaucherlar hamda kitoblar to’plami sovg'a qilindi.

Agar siz ham shunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi universitet talabasi bo’lishni istasangiz, admission.usat.uz havolasi orqali o’tib, hujjatlaringizni topshiring. Fan va texnologiyalar universitetiga qabul 1-iyundan ochiladi.

Sizlar bilan universitetimizning talabasi sifatida uchrashishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

Batafsil ma'lumot uchun
78-888-38-88 yoki @usat_admins

Universitet telegram kanali: @usatuzb

Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

Reklama