Get Mystery Box with random crypto!

Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat g | Xushnudbek.uz

Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.

Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.

Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.


@xushnudbek