Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.00K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2024-05-25 11:50:36
Yaqinda "Ma’rifat" gazetasi 25-may munosabati bilan maktabni bitirayotgan o‘quvchilarga tilaklar yozib berishimni so‘ragandi. O‘sha tilaklarni bu yerda ham e’lon qilmoqchiman:

Hurmatli bitiruvchi uka-singillarim!

Sizga qandaydir balandparvoz tilaklar, katta marralarni egallash yo‘lidagi vazifalar aytishni istamayman. Osmondagi oyni olib bering, Vataningiz uchun joningizni fido qiling, butun dunyoga mashhur daho bo‘ling, deya mushkul topshiriq berish niyatim ham yo‘q. Bunday gaplar, aksincha, sizga ortiqcha bosim yuklaydi. O‘zingizni xuddi katta ajdarho bilan jangga ketayotgan Kenja botirdek tasavvur qilishingizni xohlamayman.

Siz bilan hech qanday g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘layotgani yo‘q. Shunchaki yashashda davom etyapsiz va katta hayotning bir bosqichini tugatib, keyingisiga o‘tyapsiz, xolos. Bu xuddi bog‘chani tugatib, maktabga chiqishdek oddiy gap.

Sizga yagona tilagim, o‘zingiz uchun hayotdan zavqlanib yashang. Qachon zavqlanasiz? Qachonki har kuni o‘zingiz uchun yangi ma’lumotlar kashf qilganingizda. Qachonki o‘zingizni kundan kunga bilimli bo‘lib ketayotganingizni his qilganingizda. Qachonki egallagan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llab, odamlarga foyda keltirishni boshlaganingizda. Qachonki sizning bilimlaringizdan foyda topgan insonlar sizga, ota-onangizga, ustozlaringizga ko‘pdan ko‘p rahmat aytishganida. Qachonki bilimlaringiz ortidan o‘zingiz sevgan ishga joylashib, yaxshi daromad olganingizda.

Ko‘ryapsizmi, bir qarashda zavqli hayot formulasi juda oddiy. Bilim olsangiz, til o‘rgansangiz bo‘ldi, qolgani o‘z navbati bilan kelaveradi.

Sizlarga omad va baxt tilab, Xushnudbek.


@xushnudbek
124.0K views08:50
Ochish/sharhlash
2024-05-25 09:54:45 Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.

Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.

Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.


@xushnudbek
136.6K views06:54
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:37:41 Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi?

Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.


@xushnudbek
154.6K views05:37
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:24:34 Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.


@xushnudbek
264.5K views05:24
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:15:37 Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi.

https://president.uz/uz/lists/view/7256

Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda birin-ketin tushuntirish beramiz.


@xushnudbek
145.7K views05:15
Ochish/sharhlash
2024-05-24 17:45:36
Yana bir xushxabar

Yurtdoshimiz Damir Musayev AQShdagi nufuzli Yale University’da fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlibdi. Bu haqda Uzbekistan’s club xabar bermoqda.

Damir Musayev genetika sohasida doktorlik ishini himoya qilgan.

Bugun O’zbekiston ilmiy jamiyati uchun haqiqatda quvonchli kun ekan. Ilohim, tezroq shunaqa kunlar kelsinki, yurtdoshlarimiz orasida Botir aka va Damir aka kabi doktorlik darajasiga erishganlar soni shunchalik ko’pligidan, bu odatiy holga aylansin.


@xushnudbek
155.7K viewsedited  14:45
Ochish/sharhlash
2024-05-24 15:35:02
Yangi firibgarlardan ogoh bo‘ling! Hech qanaqa "Disney" degan ilovaga pul tikmang
#firibgar

Ming marta aytgan gapimizni yana takrorlaymiz: oson pul topasan degan hammaga ishonib ketavermang.

Internetda "Disney" kompaniyasining biletlarini sotib olish orqali biznes qilishni targ‘ib qilishmoqda. Oldindan qanchadir pul bilan hisobingizni to‘ldirishingiz kerak ekan, keyin har kuni onlayn bilet sotib olsangiz daromad qilar ekansiz.

Bu qip-qizil yolg‘on. Pulga qiziqib, ishonib o‘tirmanglar yana. Kimdir pul yechib olibdi. daromad qilayotgan ekan, rostdan pul beryapti, desa ham ishonmanglar.

"Disney" kompaniyasi nomi bilan avval ham ko‘p bora firibgarlik qilingan. Internetdan qidirsangiz chiqib keladi. Masalan, 2021-yil Qozog‘istonda shunday holat kuzatilgan.

Bu xuddi avvalgi firibgarlar, ya’ni Tesco, SolarCity, Parker, SunEco, Tether Gold, Supertask va boshqalarga o‘xshagan pul o‘g‘irlaydigan tizim.

O‘zingiz ham ishonmang, tanishlaringizni ham bu yo‘ldan qaytaring. Ertaga kech bo‘ladi.


@xushnudbek
165.4K views12:35
Ochish/sharhlash
2024-05-24 15:02:59
Yuridik shaxslar uchun Kapitalbank'dan masofaviy xizmat ko’rsatish — bankning o’zi oldingizga keladi

1 kun ichida ofisingiz yoki uyingizdan chiqmagan holda hisob raqamini oching.

Sayyor menejerlar barcha kerakli hujjatlarni o’zlari bilan olib keladi va 1 kun ichida bank hisobingizni rasmiylashtirishga yordam beradi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, navbatlarsiz, faqatgina qulaylik va vaqt tejamkorligi!

Hoziroq (+998) 78-148-11-33 raqamiga soʻrov qoldiring va biznesingizni Kapitalbankning qulay shartlari bilan boshqarishni boshlang.
Reklama
133.5K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-05-24 13:46:32 30-iyundan boshlab Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Dastlab parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. 4-sentyabrdan boshlab esa chorshanba kunlari amalga oshiriladigan reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.


@xushnudbek
127.7K views10:46
Ochish/sharhlash
2024-05-24 12:30:48 Prezident maktablari uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Prezident maktablariga qaysi sinfga necha nafar o’quvchi qabul qilinadi?

Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topshirsa bo’ladimi?

Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun o’quvchining baholariga qanday talab qo’yiladi?

Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.


@xushnudbek
166.9K views09:30
Ochish/sharhlash