Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyati Konimex tumanining “Sho‘rko‘l” MFY hududida fu | Xushnudbek.uz

Navoiy viloyati Konimex tumanining “Sho‘rko‘l” MFY hududida fuqaro Y.O. tomonidan tabiiy suv havzasida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlangan.

Buning natijasida tabiatga 1 mlrd 240 mln 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

Ma'lumot uchun, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan.


@xushnudbek