Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-16 13:04:27 Ingliz tili o'qituvchilariga 50 foiz ustama beradigan sertifikatlar RO'YXATI (yangilangan)

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qarorlariga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning tegishli darajalari uchun INGLIZ TILI O'QITUVCHILARIning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foizlik ustamalar to'lash belgilangan. Ular:

1. Milliy sertifikat (CEFR, Multi level) - С1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL iBT - 95
4. TOEFL ITP - 627 (Speaking - 64)
5. Cambridge Assessment English (CAE) - 180
6. TESOL, TESL, TEFL*
7. CELTA**
8. DELTA**
Module 1-2-3 - Pass, Pass A, Pass B
9. TKT Module 1-2-3 - Band 3-4

10. Linguaskill (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1
11. Aptis (01.08.2023 ga qadar olingan) - C
12. iTEP (01.08.2023 ga qadar olingan) - C1
13. TOEIC (01.08.2023 ga qadar olingan) - 1305

* - Vazirlik tomondan qaror 5-bandi a yoki b talablarini bajarganda
** - Vazirlik tomondan qaror 6-bandi a yoki b talablarini bajarganda

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro'yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Home Edition, Remote testing va boshqa) onlayn olingan sertifikatlar uchun USTAMA TO'LANMAYDI!
Manba: @uzteachers

https://t.me/MilliySertifikat
5.9K views10:04
Ochish/sharhlash
2024-05-16 09:12:11 Magistratura va doktorantura uchun til bilish sertifikatlari talab qilinishi bekor qilinishi kutilmoqda

Ayni vaqtda 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori qaytadan ko'rib chiqilmoqda va katta ehtimol magistratura va doktorantura uchun til sertifikati so'rash tartibi bekor qilinishi kutilmoqda.

Ushbu yangilik tasdiqlansa, yangi o'quv yilidan til sertifikatiga ega bo'lmaganlar talabgorlar ham magistratura va doktorantura uchun hujjat topshirishlari mumkin.
va doktorantura uchun til bilish sertifikatlari talab qilinishi bekor qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori qaytadan ko'rib chiqilmoqda va katta ehtimol magistratura va doktorantura uchun til sertifikati so'rash tartibi bekor qilinishi kutilmoqda.

Ushbu yangilik tasdiqlansa, yangi o'quv yilidan til sertifikatiga ega bo'lmaganlar talabgorlar ham magistratura va doktorantura uchun hujjat topshirishlari mumkin.

https://t.me/MilliySertifikat
6.9K views06:12
Ochish/sharhlash
2024-05-15 09:37:23 "SO'NGI QO'NG'IROQ"
  
Qo'ng'irog'ing jaranglashin kutayapmiz,
Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz,
Diydoringga to'yib to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Qadring bilmay o'tib kеtdi o'n bir yil ham,
Hayotimda quvnoq kunlar, eng shirin dam,
Bugun o'sha quvnoq quvnoq ko'zlarda nam,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Sog'inamiz endi tinmay do'st o'rtoqni,
Takrorlanmas hayotda eng go'zal chog'ni,
Chalmay turgin do'stim bir oz qo'ng'iroqni,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Gapga kirmas, to'polonchi bo'ldik shayton,
Goho bilmay ko'ngillarni qildik vayron,
Ustozimdan uzr so'rab olay bir on,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Hayajondan yonayapman, ko'zimda yosh,
Xayol surib partalarga qo'yay bir bosh,
Endi qachon ko'rishamiz ey sinfdosh,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz.


Xurshid Karim

https://t.me/MilliySertifikat
8.8K views06:37
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:02:51
ЎҚИТУВЧИЛАРГА ИМТИЁЗЛИ СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

Бугундан субсидияга ариза топшириш бошланди. Ўқитувчиларга имтиёзли субсидия берилишидан хабарингиз борми? “2023 йилда бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари орқали аҳолини уй-жой билан таъминлаш дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 51 сонли Президент фармони қабул қилинган. Мазкур Фармон асосида ўқитувчиларнинг баъзи тоифаларига имтиёзли асосда субсидия ажратилиши белгиланган. Қуйида имтиёздан фойдаланувчи ўқитувчилар тоифаси билан батафсил танишишингиз мумкин.
Рўйхат
8.2K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-05-14 17:13:33
Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida xabar bergan edik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov
ushbu yangilik bo‘yicha intervyu berdi:

"Bu yil o‘tgan yilgidan farqi grantga ega bo‘lgan talaba bir yil davomida grantga ega bo‘ladi. Bir yilni natijasi bo‘yicha uning bahosi tahlil qilinadi.

Agar uni to‘plagan ballari kontraktda o‘qiyotgan yoshlarni balidan past bo‘ladigan bo‘lsa, kontraktda o‘qiyotgan yuqori ballga ega bo‘lgan yoshlarimiz u yerdagi grant o‘ringa tavsiya qilinadi va ularni ichidan eng yaxshi ball to‘plaganlarga grant qayta taqsimlab beriladi."


https://t.me/MilliySertifikat
8.1K views14:13
Ochish/sharhlash
2024-05-14 15:04:43
SHOSHILING BUGUN 1-DARSIMIZ
Milliy sertifikat faqat boshlang'ichlar uchun kursi

Davomiyligi 4 oy:

  - grammatika;
  - esse darsi;
  - mumtoz adabiyot;
  - diagnostik testlar.
 
 
Darslar haftasiga 5 kun, soat 19:30da.

Guruhga a'zo bo'lishingiz bilan kursning bir oylik rejasi bilan tanishasiz. Qo'shimcha savollar bo'lsa, o'zimga murojaat etishingiz mumkin.

Kurs 15-maydan boshlanadi.
Kurs narxi:  100 ming so'm (oyiga)


Barcha darslar oliy toifali pedagog, minglab shogirdlar ustozi, Prezident sovg'asi sohibi, Yosh kitobxon ustozi,Zukko kitobxon Respublika bosqichi g'olibi, bakalavr, magistr _ Abdullajon Niyozmatov va Umidaxon Niyozmatova tomonidan o'tiladi (natijalar: @abdullaniyoznatijalari ).

Murojaat uchun: @misterabdullox
7.8K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-05-13 20:28:16 Emaktab.uz da sinf rahbarining vazifalari quyidagicha:

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘idan

https://t.me/MilliySertifikat
8.9K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2024-05-13 18:36:14
Sonning oxirgi ikki raqami. Ferma teoremasi. Eyler teoremasi.........

Ekub Ekuk ga doir sistemali misollar

Kombinatorika

Ehtimolliklar

Integral

Diffirensial tenglamalar

Attestatsiya imtihoniga kirgan har 10 ta matematikdan kamida 9 tasi yuqoridagi mavzularda muammoga duch kelgan bo'lsa ajab emas

Men Aslbek Fayziyev vazir jamg'armasi sohibi va Master darajadagi matematika fani o'qituvchisiman

Sizlarni 15-25-may kunlari yuqoridagi mavzular bo'yicha o'zimning telegram kanalimda bo'lib o'tadigan jonli darslarimga taklif qilaman

@fayziev_attestatsiya

Jonli darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq telegram kanalimga obuna bo'ling
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
8.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-05-13 05:27:02 Til o‘rganuvchilar uchun bepul foydali manbalar

Qadrli til ixlosmandlari, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi barcha darslar havolalarini bir e’londa jamladik!

Ingliz tilini 0 dan oʻrganish

Rus tilini 0 dan oʻrganish

Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish

Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish (ingliz)

Turk tilini 0 dan oʻrganish

Nemis tilini 0 dan oʻrganish

Nemis tilidan intensiv darslar

Ispan tilini 0 dan oʻrganish

Italyan tilini 0 dan oʻrganish

Fransuz tilini 0 dan oʻrganish

Xitoy tilini 0 dan oʻrganish

Yapon tilini 0 dan oʻrganish

Turk tili so'zlashuv

Koreys tilini 0 dan oʻrganish

Arab tilini 0 dan oʻrganish

Hindiy tilini 0 dan oʻrganish

Ingliz tili so'zlashuv

Marhamat, zavq bilan chet tillarini bepul o’rganing.

https://t.me/MilliySertifikat
9.9K views02:27
Ochish/sharhlash
2024-05-11 20:51:24 Oylik maoshingiz oshishida yordam beruvchi sertifikatlar ro‘yxati

2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati

Sertifikatlarning toʻliq roʻyxati bilan yuqoridagi fayl orqali tanishib olishingiz mumkin!

https://t.me/MilliySertifikat
11.9K views17:51
Ochish/sharhlash