Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-11 18:34:09
Hoy, toifa oldingizmi?
Milliy sertifikatchi? Tayyorlanyapsizmi? Jamoa aʼzolari oldida mulzamlikdan charchamadingizmi?


Sizga yangiligim bor. Oliy toifali filolog Haydarova Dilafruz Fayzullayevna
- - -may kunlari attestatsiya va milliy sertifikatga tayyorlanayotgan ona tili adabiyot va oʻzbek tili oʻqituvchilar uchun

oʻtkazmoqdalar.

:

14- may sse yozilish tartibi, qonun qoidalari;

15- may
azal tahlili toʻliq tushuntiriladi;

16- may
rammatika darslari boʻlib oʻtadi.

Hoziroq pastdagi silkaga bosib Habelonatili kanaliga obuna boʻling va bizni kuzating.

Kanalga obuna bo‘lish

https://t.me/habelonatili
https://t.me/habelonatili
https://t.me/habelonatili
11.0K views15:34
Ochish/sharhlash
2024-05-11 16:54:13
Cho'ponning oyligi o'qituvchinikidan baland

Cho'ponlikning afzalliklari:
Qo'ylar qitmirlik qilib asabizni buzishmaydi
Birorta qo'yni sal qattiq tegib qo'ysangiz, qo'chqor bilan sovliq yetib kelmaydi janjal qilgani
Qo'ylar urushib qolgani uchun siz javobgar bo'lmaysiz.
Qo'ylar bema'ni klip ko'rib o'tirgan bo'lsa, cho'ponni ishdan olishmaydi
Cho'ponlik uchun hadeb attestatsiya, imtihonlardan o'tib, sertifikat olishiz shart emas.
"Ferma haqiqati", "Molxona yulduzi" kabi gazetalarga majburiy obuna bo'lishiz shart emas.
Har yili avgustda boshqa cho'ponlar bilan qo'y talashish ham bo'lmaydi.
Oyligiyam o'qituvchilikdan baland ekan...

uzteachers

https://t.me/MilliySertifikat
20.2K viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash
2024-05-10 20:59:01 Umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari diqqatiga!

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi imtihondan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta imtihondan o‘tish huquqi beriladi.

Xalq ta’limi vazirining 56-sonli buyrug‘i

https://t.me/MilliySertifikat
19.2K views17:59
Ochish/sharhlash
2024-05-07 19:45:05 Oʻquvchilaringizga yuborib qoʻying:  Yakuniy imtihondan oʻtolmagan oʻquvchini sinfda qoldirib yuboriladi

Maktab bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldirilishi mumkin.

https://t.me/MilliySertifikat
14.1K views16:45
Ochish/sharhlash
2024-05-05 18:33:25 Bugun kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 29-aprel kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish my.gov.uz saytining "Umumta'lim fanlari darajasini aniqlash" bo'limi orqali amalga oshirilmoqda va 2024-yil 5-may (to‘lov qilish 6-may) ga qadar davom etadi.
(https://my.gov.uz/oz/service/891)

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz. 

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 19-may (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi

https://t.me/MilliySertifikat
13.2K views15:33
Ochish/sharhlash
2024-05-04 09:12:15 Shu yilda maktablarda yakuniy imtihon qanday o‘tkaziladi?

1. Avvalgi yildagiga oʻxshab maktablar variantlar tayyorlab konvertlarga joylanmaydi.

2. Har bir imtixon kunidan 1 kun oldin Vazirlik 2 ta variantni tuzib hududlarga baholash mezoni bilan birgalikda yuboradi

3. Tayyorlangan 2 ta variant tarqartilgan imtixon topshiriqlar bazasidan olinadi.

4. Tarqatilgan 2 ta variant Respublika miqyosida bir xil olinadi. Yaʼni barcha oʻquvchi bir xil topshiriq bajaradi faqat kimdir birinchi, kimdir ikkinchi variantni bajaradi.

BARCHAGA YUBORIB QO‘YING

https://t.me/MilliySertifikat
16.5K views06:12
Ochish/sharhlash
2024-05-03 12:45:42
Daftar chetidagi qizil chiziq nima uchun kerak ekanligini bilasizmi?

Yuqoridagi video orqali qiziqarli ma'lumotga ega bo‘ling va o‘quvchilaringizga ham savol sifatida bering.

endi_bildim

https://t.me/MilliySertifikat
14.2K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-05-01 11:28:10 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida qanday bo‘limlardan test tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida ona tili va adabiyot fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi: 

1. Fonetika
2. Grafika
3. Orfografiya
4. Orfoepiya
5. Leksikologiya
6. Frazeologiya
7. Grammatika
8. Uslubiyat
9. Adabiyot tarixi
10. Adabiyot nazariyasi

https://t.me/MilliySertifikat
12.6K views08:28
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:58:10 YAPON MAKTABLARIDAGI QOIDALAR:

1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

3. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

5. O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi.

6. Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q! degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

https://t.me/MilliySertifikat
20.7K views15:58
Ochish/sharhlash
2024-04-29 18:01:26

Attestatsiyadan so'ng endi navbat fanlardan 50% ustama beradigan GRE SAT GMAT sertifikatlariga
Siz ham maktab o'qituvchilariga 50% ustama beradigan Xalqaro Sertifikatlardan Maksimal Ball olishni istaysizmi!!!!
Darslar Xalqaro CAU universiteti o'qituvchisi tomonidan olib borilyapti!!
Natijalar:
1.GMAT=51 ball(Maximum)
GMAT o'qituvchilari orasidagi eng yuqori ball!!

2.GRE=170 ball(Maximum)
GRE O'qituvchilari orasidagi eng yuqori ball!!

3.IELTS=7.5(GRE/GMAT o'qituvchilari orasidagi eng yoqri natija)

4.O'quvchilari eng ko'p Maksimal Ballarga GRE(170) erishgan yagona guruh!
Guruhda Bepul Darslar va Haqiqiy imtihonda tushayotgan savollar va uning yechimlari ham bor.
Maximum ballar Guruhiga Qo'shiling!
Kanalga o'tib Join tugamasini bosib qo'ying!!
https://t.me/+vaOwylqI14BkMTVi
https://t.me/+vaOwylqI14BkMTVi
14.0K views15:01
Ochish/sharhlash