Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-02-22 19:27:32 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikat ro'yxati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorda o‘tgan o‘quv yilidagi Sertifikatlar ro‘yxatiga bir qancha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, ro‘yxatga yangidan qo‘shilgan yoki ustama to‘lash ballari o‘zgartirilgan sertifikatlar:

GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali o‘zgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan o‘zgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlang‘ich ta’lim (Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));

Teaching English as a Foreign Language (TEFL);

Teaching English as a Second Language (TESL);

SAT subject score (yangidan qo‘shilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);

A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan).

https://t.me/MilliySertifikat
20.8K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2024-02-09 12:17:13 Endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.

Manba

Milliy Sertifikat
13.0K views09:17
Ochish/sharhlash
2024-02-07 19:13:37 Maktablarda yana bir yangi lavozim joriy qilinadi

2024-2025-o'quv yilidan boshlab o'quvchilarni kasblarga o'qitish ishlarini samarali yo'lga qo'yish uchun maktablarda ustaxonalar tashkil qilinadi.

Bunda oylik ish haqi oliy ma'lumotli maktab o'qituvchisiga tenglashtirilgan "Kasbiy ta'lim ustasi" lavozimi joriy qilinadi.

Bu haqida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilmoqda.

Milliy Sertifikat
15.4K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-02-07 07:02:36
Ingliz tilidagi barcha zamonlarni bir daqiqada o‘zlashtiring

Yuqoridagi video orqali siz inglzi tilining asosiy zamonlarini o‘rganib olishingiz mumkin.

Ushbu videoni ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilaringiz yoki hamkasblaringizga yuborib qo‘ying.

Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang

Milliy Sertifikat
13.5K views04:02
Ochish/sharhlash
2024-02-06 17:34:03 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

Milliy Sertifikat
14.2K views14:34
Ochish/sharhlash
2024-02-05 19:28:44 Emaktab.uz da sinf rahbarining vazifalari quyidagicha:

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘idan

Milliy Sertifikat
14.3K views16:28
Ochish/sharhlash
2024-02-05 09:54:07 Maktablarda og‘riqli masalalardan biri, bu – tarbiya va maʼnaviyat

O‘tgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Shundan 2 ming 280 nafarini maktab o‘quvchilari tashkil qiladi.

So‘rov maktab direktoridan bo‘layapti, lekin Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, o‘quvchilarni sharoiti va tarbiyasi bilan shug‘ullanmayapti.

Shu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

Milliy Sertifikat
12.9K views06:54
Ochish/sharhlash
2024-02-04 17:07:32 1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi

Vazirlar Mahkamasi Nizomiga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ayni vaqtda ko‘plab hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 5-10 fevral kunlari qo‘shimcha ta’til kunlari etib belgilanmoqda.

Milliy Sertifikat
12.8K views14:07
Ochish/sharhlash
2024-02-03 19:07:46 Milliy test tizimi namunasidagi testlar

Fan nomi: Ona tili va adabiyoti

Milliy Sertifikat
12.6K views16:07
Ochish/sharhlash
2024-02-03 19:07:46 Milliy test tizimi namunasidagi testlar

Fan nomi: Ona tili va adabiyoti

Milliy Sertifikat
13.1K views16:07
Ochish/sharhlash