Get Mystery Box with random crypto!

'SO'NGI QO'NG'IROQ'    Qo'ng'irog'ing jaranglashin kutayapmiz | Milliy sertifikat | DTM

"SO'NGI QO'NG'IROQ"
  
Qo'ng'irog'ing jaranglashin kutayapmiz,
Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz,
Diydoringga to'yib to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Qadring bilmay o'tib kеtdi o'n bir yil ham,
Hayotimda quvnoq kunlar, eng shirin dam,
Bugun o'sha quvnoq quvnoq ko'zlarda nam,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Sog'inamiz endi tinmay do'st o'rtoqni,
Takrorlanmas hayotda eng go'zal chog'ni,
Chalmay turgin do'stim bir oz qo'ng'iroqni,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Gapga kirmas, to'polonchi bo'ldik shayton,
Goho bilmay ko'ngillarni qildik vayron,
Ustozimdan uzr so'rab olay bir on,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Hayajondan yonayapman, ko'zimda yosh,
Xayol surib partalarga qo'yay bir bosh,
Endi qachon ko'rishamiz ey sinfdosh,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz.


Xurshid Karim

https://t.me/MilliySertifikat