Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2023-09-24 05:05:17 Milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni joriy o‘quv yilida istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturiga asosan maktablarda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘rgatish amaliyoti 7- sinfdan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshlandi.

Biroq, hududlarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha ishga jalb etilgan pedagog kadrlar aksar holatlarda birinchi xorijiy til bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lib, ikkinchi xorijiy til bo‘yicha talab qilingan sertifikatlarga ega emas, tegishli ikkinchi xorijiy til bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar esa o‘qituvchi sifatida qayta tayyorlovdan o‘tishi talab etilgani sababli ularni ishga qabul qilishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, mazkur muammolar hal etilgunga qadar maktablarda ikkinchi xorijiy til bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida joriy o‘quv yilida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarni istisno tarzida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchisi etib ishga qabul qilinishiga ruxsat berildi.

Belgilangan talablar asosida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish keyingi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

Milliy Sertifikat
13.2K views02:05
Ochish/sharhlash
2023-09-23 07:37:14 Ta'lim-tarbiya jarayonida Pedagoglarga qoʻyiladigan talablar

Oʻquvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymaslik; oʻquvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; oʻquvchini ommaviy izza qilmaslik;

Chet elga chiqib ketgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni o'z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; oʻquvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;

Taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obroʻsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmaslik; oʻquvchilarga ibrat boʻlib, shaxsiy namuna koʻrsatish, ular bilan doʻstona munosabatda boʻlish;

Taʼlim muassasasi manfaatlariga zid boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish; biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʻy bersa, zudlik bilan taʼlim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;

Yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan diniy ekstremistik taʼsirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

Mazkur Qoidalarni har haftaning juma kunlarida oʻtkaziladigan “Sinf soati”da oʻquvchilarga keng tushuntirib borish kerak

Milliy Sertifikat
13.0K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2023-09-22 19:09:02
Barcha maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli to‘xtatildi

Vaziyat oydinlashib, ushbu doriining sog‘liq uchun xavsizligi to‘liq taʼminlangunga qadar ota-onalar ushbu dori vositasini dorixonalardan ham sotib olmay turganlari maʼqul.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ko‘rsatma xati eʼlon qilindi.

Milliy Sertifikat
16.0K views16:09
Ochish/sharhlash
2023-09-18 20:33:07 O‘quvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

Taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

O‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni (bulling) ko‘rsatishi;

Qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

Dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

Taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli bo‘lmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ‘ib etishi;

Taʼlim muassasasi hududida tug‘ilgan kun, O‘zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari

Milliy Sertifikat
16.7K views17:33
Ochish/sharhlash
2023-09-18 09:57:18 Ona tili va adabiyot hamda tarix boʻyicha sertifikati bor oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabr oyiga qadar milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Milliy Sertifikat
13.3K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-09-14 10:33:01 2024-yil 1 yanvardan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini taʼlim planshetlari bilan taʼminlash boshlanadi

2024-yil 1 yanvardan Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlash hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qarorida nazarda tutilgan.

Milliy Sertifikat
16.0K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-09-14 09:30:57
11-sinflar Universitetda oʻqib 11 mlngacha stipendiya va 3-kursdan 500 $ gacha oylik olishlari mumkin

Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Manba

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
13.0K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-09-13 12:13:00 O‘qituvchilar ish stavkalarini yanvar oyidan boshlab qisqartirish nazarda tutilgan

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan oyda buxorolik saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushirilishi haqida aytgandi.

Ammo bu qachon amalga oshirilishi haqida aytilmagandi. O‘zbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasida 2024-yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi.

Xalq taʼlimi info

Milliy Sertifikat
13.0K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-09-10 18:11:34 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish to‘lovi qancha?

O‘zbek tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Rus tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Matematika — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Fizika — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Kimyo — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Biologiya — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Tarix — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Geografiya — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, turk...) — BHM 1.5, 10% chegirma (445 ming so‘m)

Maʼlumot uchun, 2023-yil 1-maydan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga oshirilgan.

Milliy Sertifikat
14.8K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-09-08 20:14:01 Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish davom etadi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

Kimlarga beriladi?

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi kurslarga beriladi?

Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt;
qo‘shma ta’lim;
masofaviy ta’lim;
ikkinchi mutaxassislik;
ordinatura;
xorijdagi OTMlarga.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi?

Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.


@xushnudbek

Milliy Sertifikat
13.0K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash