Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-01-31 16:16:23 O‘qituvchilar uchun malaka (test) sinovlariga tayyorlanish bo‘yicha repetitsion testlar

Pedagog kadrlar malaka sinovlari boshlanishiga bir necha oy qolmoqda.

Shu munosabat bilan qaysi toifaga mos kelishingizni 40 talik test yechish orqali aniqlab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi fanlardan o‘z faningiz ustiga bosasiz:

Boshlang‘ich ta'lim
Biologiya fani
Rus tili
Fizika fani
Tarix fani
Kimyo fani
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili
Matematika fani


O‘z faningiz ustiga bosib 40 talik attestatsiya repetitsion testini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Milliy Sertifikat
12.6K views13:16
Ochish/sharhlash
2024-01-31 08:20:34
Fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari jadvali

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Milliy Sertifikat
12.7K views05:20
Ochish/sharhlash
2024-01-29 14:22:20 Milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

  B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy Sertifikat
13.4K views11:22
Ochish/sharhlash
2024-01-29 08:45:43 Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ham Milliy Sertifikatlar uchun ustamalar to‘lanadi!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qarorda Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan 60 va undan yuqori ball to‘plab olingan Milliy Sertifikat uchun shu fanlardan o‘tadigan dars soatlari (8 (7)+5=13 (12)) uchun 20% ustamalar to‘lash belgilandi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi

Milliy Sertifikat
12.7K views05:45
Ochish/sharhlash
2024-01-28 18:23:11 #bilasizmi

Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonida qanday bo‘limlardan test tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida matematika fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:

1. Sonlar va amallar
2. Algebraik shakl almashtirishlar
3. Tenglama va tengsizliklar
4. Funksiyalar
5. Matematik analiz asoslari
6. Geometriya
7. To‘plam, mulohazalar, ma’lumotlar tahlili, kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va modellashtirish

Milliy Sertifikat
12.6K views15:23
Ochish/sharhlash
2024-01-27 20:06:53 Pensiya biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi

2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning o‘zida avtomatik tarzda, yaʼni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.

Bunda, shaxsga oid maʼlumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining elektron bazalaridan olinadi.

Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish hamda o‘zi istiqomat qiluvchi Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning o‘zida pensiya avtomatik tarzda tayinlangandan so‘ng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga maʼlumot yuboriladi.

Milliy Sertifikat
15.2K views17:06
Ochish/sharhlash
2024-01-27 14:25:38 O‘quvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

Taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

O‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni (bulling) ko‘rsatishi;

Qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

Dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

Taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli bo‘lmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ‘ib etishi;

Taʼlim muassasasi hududida tug‘ilgan kun, O‘zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari

Milliy Sertifikat
13.0K views11:25
Ochish/sharhlash
2024-01-25 19:46:25 Shu yildan test topshirilib, keyin OTM tanlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Milliy Sertifikat
14.1K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2024-01-25 15:12:39 Emaktab.uz da sinf rahbarining vazifalari quyidagicha:

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘idan

Milliy Sertifikat
14.1K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-01-24 19:58:48 Maktabda telefon ishlatish mumkinmi?

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Agarda tartib buzilsa:

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Milliy Sertifikat
13.0K views16:58
Ochish/sharhlash