Get Mystery Box with random crypto!

YAPON MAKTABLARIDAGI QOIDALAR: 1. Maktablarda ishqiy-romantik | Milliy sertifikat | DTM

YAPON MAKTABLARIDAGI QOIDALAR:

1. Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Yapon maktabi o‘quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o‘quvchilar ularning hammasini yeyishga majbur hisoblanadi.

3. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o‘quv yili davrida beriladi va o‘sha davrda ham o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan muttasil shug‘ullanib keladi.

4. Maktabda farrosh yo‘q, bu vazifani o‘quvchilarning o‘zi bajaradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar hech qayerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar.

5. O‘quvchilarning turli-tuman soch turmaklari va lak-bo‘yoqlarga ruxsat etilmaydi.

6. Yapon bolalari boshlang‘ich sinfdan keyin forma kiyishga o‘tishadi.

7. Har bir yapon o‘quvchisi suzishni bilishi shart! Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o‘tiladi va ular bu sanʼatni juda yaxshi egallagan bo‘lishlari shart! Sinovdan o‘ta olmagan o‘quvchi boshqa o‘qituvchida qaytadan mashg‘ulotlarni o‘tib, keyin takroriy sinovdan o‘tkaziladi.

8. Maktabda bir o‘quvchining o‘z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi! Iqtidorsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q! degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor! Yapon maktabi har bir o‘quvchini teng va betakror deb biladi va ularni har taraflama tayyorlashga yo‘naltirilgan.

https://t.me/MilliySertifikat