Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-03-02 12:41:44 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish to‘lovi qancha?

O‘zbek tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Rus tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Matematika — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Fizika — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Kimyo — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Biologiya — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Tarix — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Geografiya — BHM 1.5 (495 ming so‘m)
Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, turk...) — BHM 1.5, 10% chegirma (445 ming so‘m)

Maʼlumot uchun, 2023-yil 1-maydan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga oshirilgan.

https://t.me/MilliySertifikat
12.9K views09:41
Ochish/sharhlash
2024-02-29 18:52:31 2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891


https://t.me/MilliySertifikat
15.4K views15:52
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:54:18 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

https://t.me/MilliySertifikat
13.2K views09:54
Ochish/sharhlash
2024-02-28 19:34:10
Rasman: Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi

2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.
Manba: Telegram

https://t.me/MilliySertifikat
14.9K views16:34
Ochish/sharhlash
2024-02-28 17:27:32 Milliy test tizimi namunasidagi testlar

Fan nomi: Ona tili va adabiyoti

https://t.me/MilliySertifikat
15.2K views14:27
Ochish/sharhlash
2024-02-28 09:14:59
Rasman: 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

BaholashUz

https://t.me/MilliySertifikat
14.1K views06:14
Ochish/sharhlash
2024-02-28 05:34:02 O‘quvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

Taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

O‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni (bulling) ko‘rsatishi;

Qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

Dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

Taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli bo‘lmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ‘ib etishi;

Taʼlim muassasasi hududida tug‘ilgan kun, O‘zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari

https://t.me/MilliySertifikat
13.6K views02:34
Ochish/sharhlash
2024-02-26 20:34:20
Ingliz tilidagi barcha zamonlarni bir daqiqada o‘zlashtiring

Yuqoridagi video orqali siz inglzi tilining asosiy zamonlarini o‘rganib olishingiz mumkin.

Ushbu videoni ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilaringiz yoki hamkasblaringizga yuborib qo‘ying.

Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang

https://t.me/MilliySertifikat
12.7K views17:34
Ochish/sharhlash
2024-02-25 09:51:43 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

https://t.me/MilliySertifikat
16.1K views06:51
Ochish/sharhlash
2024-02-25 08:09:20 Ingliz tili o‘qituvchilari uchun ajoyib yangilik

Ingliz tilidan boshlang‘ich sinflarga kirganingizda “Guess what” darsligini o‘rgatishga qiynalasiz.

Bunga ajoyib yechim ishlab chiqildi! Endilikda siz monitor yoki kompyuterdan kitobning video slayd shaklini qiziqarli tarzda o‘tishingiz mumkin!

"Guess what” darsligi asosida boshlangʻich sinflar uchun har bir mavzu yuzasidan METODIK SLAYDLAR tayyorlandi

Eng yaxshi tomoni AUDIOlari bilan tuzib chiqildi

Barcha 1,2,3,4 - Sinflar umumiy narxi atiga: 24 ming soʻm

Hoziroq murojaat qiling: @Audioslaydbot

@Audioslaydbot
13.6K views05:09
Ochish/sharhlash