Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 40.34K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2023-10-07 19:22:08 O‘qituvchi qiymati boshqa mamlakatlarda qanday?

Italiya:
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak;
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.

Fransiya:
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.

Shvetsiya:
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, yaʼni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.

Germaniya:
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi;
Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.

Angliya:
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...

O‘zimizda:
Nima uchun o‘qituvchilar yozda ta'til kunlarida maktabga bormay turib, maosh olishlari kerak, qani hammasi mahallama-mahalla yurib Ayollar daftarini shakllantirsin...

P.S.: O‘qituvchilarga yuboramiz!

Milliy Sertifikat
16.0K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-10-06 07:10:37 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida qanday bo‘limlardan test tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida ona tili va adabiyot fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:

1. Fonetika
2. Grafika
3. Orfografiya
4. Orfoepiya
5. Leksikologiya
6. Frazeologiya
7. Grammatika
8. Uslubiyat
9. Adabiyot tarixi
10. Adabiyot nazariyasi

Milliy Sertifikat
15.1K views04:10
Ochish/sharhlash
2023-10-05 17:51:44 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

Milliy Sertifikat
15.5K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-10-05 16:16:03
Nordik universiteti talabalari safi kengaymoqda

Abituriyentlar Xalqaro Nordik universitetini tanlashmoqda va talab yuqori boʻlgani uchun 2-yangi, yanada zamonaviy, qulay va shahar markazida joylashgan o‘quv binosi ochildi!

Abituriyentlar nega aynan Xalqaro Nordik universitetini tanlashmoqda?
4 ta Phd dasturi;
double degree dasturi;
"Work and travel" imkoniyati;
12 ta bakalavriat yo‘nalishi;
6 ta magistratura mutaxassisligi;
10 ta davlat, 10 ta universitet granti;
Finlandiya, Italiya universitetlari bilan "1+3" va "2+2" dasturlari;
Xalqaro ta'lim modellari, xalqaro diplom va tajribali fin o‘qituvchilari.

Sizni ham talabalarimiz safida kutamiz! Ko‘zlagan manzilingizga biz bilan qadam bosing!

Yangi binomiz G‘afur Gulom metro bekatiga yaqin masofada!  (Sirk yoniga kelib chapga qarang!)

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, bemalol murojaat qiling:
+998555084400
@nordikedu

Web-site | Telegram | Instagram | YouTube
13.0K views13:16
Ochish/sharhlash
2023-10-04 19:26:49 Sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;

Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;

Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;

Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.

Milliy Sertifikat
13.4K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-10-03 19:27:19 MILLIY SERTIFIKAT BAHOLASH MEZONLARI. ONA TILI VA ADABIYOT:

Test topshiriqlari natijalari qiyinlik darajasi bo‘yicha tabaqalashgan ball berish tizimi asosida baholanadi.

1. Bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshiriqlari quyidagicha baholanadi:

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – qiyinlik darajasiga ko‘ra 1,1 ball, 1,7 ball yoki 2,5 ball;

Har bir noto‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i uchun – 0 ball.

2. Bir nechta qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i quyidagicha baholanadi:

A:

faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,8 ball;
faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 0,9 ball;
a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 1,7 ball;
a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball.

B:

faqat a banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,2 ball;
faqat b banddagi javob to‘g‘ri bo‘lsa – 1,3 ball;
a va b bandlardagi javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 2.5 ball;
a va b bandlardagi javoblar noto‘g‘ri bo‘lsa – 0 ball.

Qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshiriqlarini baholashda
quyidagilar inobatga olinadi:

Achiq test topshirig‘ining javobi bitta harf, so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan bo‘lishi lozim;

Agar talabgor to‘g‘ri javobni ma’nodoshlari yordamida ifodalagan bo‘lsa, to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinadi;

Talabgor yozgan to‘g‘ri javobda kuzatilgan texnik, imloviy, uslubiy xatoliklar uchun jarima ball belgilanmaydi (imlo hamda uslubiyatga oid bilim, ko‘nikma va
malakalarni tekshirishga qaratilgan test topshiriqlari bundan mustasno);

Agar talabgor talab qilinayotgan to‘g‘ri javob bilan bir qatorda noto‘g‘ri javobni ham yozgan bo‘lsa, mazkur javobga noto‘g‘ri javob sifatida qaraladi (0 ball
bilan baholanadi)

Milliy Sertifikat
13.3K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-10-03 04:41:03
"Ikkinchi poy" - Ibratli video film

Erta tongni ibratli film bilan boshlaymiz. Misr kino festivalida ushbu 4:26 daqiqalik film yilning eng yaxshi qisqa metrajli kino filmi deb topilgan. Marhamat tomosha qiling, afsuslanmaysiz.

Inson xolis niyat bilan biror narsani istasa, albatta, yaratganning o'zi unga yetkazadi. Faqat buni biroz sabr bilan kutish hamda chindildan ishonish kifoya.

@MilliySertifikat
12.8K views01:41
Ochish/sharhlash
2023-10-02 20:36:58 Milliy sertifikat uchun imtihonlar qaysi sanalarda bo‘lib o‘tishini bilasizmi?

Oʻzbek tili va adabiyoti — 29-oktabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 16-oktabrgacha)

Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Biologiya — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Tarix — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Fizika — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Matematika — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Geografiya — 2024-yil yanvar oyida

Kimyo — 2024-yil yanvar oyida

Milliy Sertifikat
13.3K views17:36
Ochish/sharhlash
2023-09-27 11:59:02 Maktabda telefon ishlatish mumkinmi?

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Agarda tartib buzilsa:

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Milliy Sertifikat
15.1K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-09-26 13:26:53
2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba

Milliy Sertifikat
17.7K viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash