Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.30K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-23 19:19:19 2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi.

Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi.

Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.
Ta’lim nazorati

https://t.me/MilliySertifikat
14.3K views16:19
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:12:28 O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.

@xushnudbek

https://t.me/MilliySertifikat
13.0K views04:12
Ochish/sharhlash
2024-04-21 19:16:33 O‘qituvchi qiymati boshqa mamlakatlarda qanday?

Italiya:
Uchta kasb egalari tirband yo‘lda qolmasligi kerak;
Tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar hamda o‘qituvchilar.

Fransiya:
Boylar o‘z yashash joylari bilan maqtanish uchun o‘qituvchilar bilan bir hududda yashashga intiladilar.

Shvetsiya:
Birinchi farzandim shifokor, ammo ikkinchi farzandim undan yaxshiroq kasb egallashni istaydi, yaʼni o‘qituvchi bo‘lmoqchi.

Germaniya:
Merkel norozilik bildirayotgan shifokorlarga murojaat qildi;
Sizning maoshingiz sizni o‘qitgan o‘qituvchilarning ish haqidan yuqori bo‘lishini kutmasligingiz kerak.

Angliya:
Bu bola daho, u o‘qituvchidek fikrlaydi...

O‘zimizda:
Nima uchun o‘qituvchilar yozda ta'til kunlarida maktabga bormay turib, maosh olishlari kerak, qani hammasi mahallama-mahalla yurib Ayollar daftarini shakllantirsin...

P.S.: O‘qituvchilarga yuboramiz!

https://t.me/MilliySertifikat
14.7K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash
2024-04-18 19:29:11 Davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun beriladigan qanday imtiyozlarni bilasiz?

O‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyozlar mavjud. Ular orasida maktab tomonidan beriladigan oltin va kumush medallar tilga olinmagan.

https://t.me/MilliySertifikat
13.8K views16:29
Ochish/sharhlash
2024-04-16 19:39:01 O‘QITUVCHIGA OSON TUTMANG...

Rossiyalik olimning ilmiy ishida keltirilgan statistik maʼlumotlar

O‘qituvchilar xususida achchiq haqiqatlar:

O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;
Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;
O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga taʼlim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;
O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday taʼtil sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

Mumtoza Karimova

https://t.me/MilliySertifikat
18.8K views16:39
Ochish/sharhlash
2024-04-15 20:22:27 Oylik maoshingiz oshishida yordam beruvchi sertifikatlar ro‘yxati

2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati

Sertifikatlarning toʻliq roʻyxati bilan yuqoridagi fayl orqali tanishib olishingiz mumkin!


https://t.me/MilliySertifikat
12.8K views17:22
Ochish/sharhlash
2024-04-14 10:07:19 Attestatsiyaning 2-bosqichi uchun juda foydali qo'llanma

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“sase study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi

https://t.me/MilliySertifikat
15.6K views07:07
Ochish/sharhlash
2024-04-12 13:17:02 Attestatsiya test sinovlari boshlanishiga 3 kun qoldi!

Hozirning o‘zida qaysi toifaga mos kelishingizni 40 talik test yechish orqali aniqlab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagi fanlardan o‘z faningiz ustiga bosasiz:

Boshlang‘ich ta'lim

Biologiya fani

Rus tili

Fizika fani

Tarix fani

Kimyo fani

Ona tili va adabiyot

Ingliz tili

Matematika fani


O‘z faningiz ustiga bosib 40 talik attestatsiya repetitsion testini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

Toifani aniqlash - @Attestattestbot

Botga kirish uchun
bosing
@Attestattestbot

Barcha oʻqituvchilarga yuborib qoʻyishni unutmang!
18.7K views10:17
Ochish/sharhlash
2024-04-10 05:23:05 Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!

Gullar bilan to'lib toshganda saxro,
Cho'lda gullagan eng go'zal chechak
Iymon lazzatidan olingiz bahra,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!

Shafaqning qo'yniga yashiringan oq,
Go'zal tong otdi deb bergandek darak.
Buyuk e'tiqodni ramzi o'laroq,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!

Dunyoda muhabbatin o'ziga jo aylagan
Oyning yuzin yopar ehtimol etak,
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!

https://t.me/MilliySertifikat
19.9K viewsedited  02:23
Ochish/sharhlash
2024-04-06 11:43:47
Rasman: Pedagog kadrlar attestatsiya test kunlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

https://t.me/MilliySertifikat
18.2K views08:43
Ochish/sharhlash