Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | DTM

Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM M
Telegram kanalining logotibi milliysertifikat — Milliy sertifikat | DTM
Kanal manzili: @milliysertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 40.34K
Kanalning ta’rifi

Milliy Sertifikatga oid eng so‘nggi yangiliklar va foydali maslahatlar
Reklama: @TalimiyReklama

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-03-08 21:16:47 Emaktab.uz da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S
– sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N
- noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;


https://t.me/MilliySertifikat
14.3K viewsedited  18:16
Ochish/sharhlash
2024-03-08 05:57:46
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Bilimni baholash agentligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos!

Sizlarga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham, aziz qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan, aziz ayollar!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

https://t.me/MilliySertifikat
13.0K viewsedited  02:57
Ochish/sharhlash
2024-03-06 16:03:58
#xushxabar


17-martdagi imtihon oldidan test topshiruvchilari uchun "G'AZALGA TO'G'RI YONDASHUV" nomli ochiq dars ( ovozli chat orqali) tashkil qilinishini e'lon qilamiz.

Ochiq darsimizda siz g'azalni tadbil qilish, g'azalni to'g'ri tahlil qilish, g'azalda tasavvufiy timsollar, qit'a tahlili va shu kabi mavzularda yangidan yangi ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Tahlil qiluvchi : Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, navoiyshunos olim Alisher Razzoqov

Darsga qatnashish mutlaqo BEPUL.

Ochiq dars @rasulberdi_nazarov kanalida 9-mart kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Yaqinlaringizga ham ulashing.
12.7K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-03-06 13:22:55 Davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun beriladigan qanday imtiyozlarni bilasiz?

O‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyozlar mavjud. Ular orasida maktab tomonidan beriladigan oltin va kumush medallar tilga olinmagan.

https://t.me/MilliySertifikat
14.1K views10:22
Ochish/sharhlash
2024-03-05 19:29:01 Uxlashdan oldin telefondan foydalanish tavsiya etilmaydi

Uxlashga yotishdan oldin telefondan foydalanish quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin;

Koʻz xiralashishi. Ekranga uzoq vaqt qarab turish tufayli, koʻz gavhari yaqin va uzoq  masofalardagi narsalarni idrok etishga moslashish qobiliyatini yoʻqotadi.

Uyqu buzilishi. Telefon nuri  melatonin gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va bioritmlarni buzilishiga olib keladi.

Boʻyin ogʻrigʻi. Bir xil holatda tortilib turgan boʻyin mushaklari tez toliqadi va ogʻriq paydo boʻladi.

https://t.me/MilliySertifikat
12.6K views16:29
Ochish/sharhlash
2024-03-05 09:49:42 Namunaviy odob-axloq qoidalari

O‘quvchilaringiz va ota-onalarga ham yuborib qo‘ying.

O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i

https://t.me/MilliySertifikat
14.2K views06:49
Ochish/sharhlash
2024-03-04 15:04:01 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

https://t.me/MilliySertifikat
13.8K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-03-04 13:58:02 2024-yildan OTMlarga kirish uchun avval test topshirilib, keyin OTM tanlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

https://t.me/MilliySertifikat
12.9K views10:58
Ochish/sharhlash
2024-03-02 20:45:30 Interfaol metodlar

Attestatsiyaning 2-bosqichi uchun juda foydali qo'llanma

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“sase study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi

https://t.me/MilliySertifikat
15.6K views17:45
Ochish/sharhlash
2024-03-02 19:38:55
"Pul" va "Bilim", ikkalasiga ham bir vaqtda ega bo'lishni xohlaysizmi?!

Unda "ASTRON" - onlayn repetitor ilovasi Siz uchun.

Ilovamizda 1.000.000 so'mgacha pul yutib olishingiz va oyiga atigi 19 ming so'm to'lov evaziga fanni o'zlashtirish imkoniyatingizni 90% gacha oshirishingiz mumkin. Chunki bizda...

Tarix va Huquqshunoslik darsliklari asosida tuzilgan:

Mavzulashtirilgan savollar - har bir mavzu bo'yicha tuzilgan savollar to'plami;

Reyting savollar - ma'lum bir darslikning barcha mavzularini o'z ichiga olgan savollar to'plami (Har to'plam 30 tadan, aralashgan savollardan iborat. Hech bir to'plam bir-birini takrorlamaydi);

Umumiy savollar - muayyan fanning barcha darslik va mavzularini o'z ichiga olgan savollar to'plami (Har to'plam 30 tadan aralashgan savollardan iborat. Hech bir to'plam bir-birini takrorlamaydi) mavjud.

Unutmang, bunday imkoniyat faqat "ASTRON" - onlayn repetitor ilovasida bor.

Hizmat litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Yutuqlarga va bilimga ega bo'lishni xohlasangiz ilovani yuklab oling https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.astrontest
12.6K views16:38
Ochish/sharhlash