Get Mystery Box with random crypto!

Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabala | Milliy sertifikat | DTM

Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida xabar bergan edik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov
ushbu yangilik bo‘yicha intervyu berdi:

"Bu yil o‘tgan yilgidan farqi grantga ega bo‘lgan talaba bir yil davomida grantga ega bo‘ladi. Bir yilni natijasi bo‘yicha uning bahosi tahlil qilinadi.

Agar uni to‘plagan ballari kontraktda o‘qiyotgan yoshlarni balidan past bo‘ladigan bo‘lsa, kontraktda o‘qiyotgan yuqori ballga ega bo‘lgan yoshlarimiz u yerdagi grant o‘ringa tavsiya qilinadi va ularni ichidan eng yaxshi ball to‘plaganlarga grant qayta taqsimlab beriladi."


https://t.me/MilliySertifikat