Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Россия
Суд
Теракт
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Реклама
Muhojirlar
Televideniya
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Россия
Суд
Теракт
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Реклама
Muhojirlar
Televideniya
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.23K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-05-18 11:33:17
#yuk #aeroport #Oʻzbekiston
Aeroportda yukingiz yo‘qolib qolsa, nima qilish kerak?

Bo‘lmasin-u, mabodo shu hol siz bilan ro‘y bersa, nima qilish lozim? Qayerga murojaat qilinadi?

Kim javobgar?

Shuni ham aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 114-moddasi bo‘yicha, yo‘lovchi aviachipta sotib olayotganda aviakompaniya bilan shartnoma tuzadi. Shu sababdan, yo‘lovchi bagaji (yo‘qolishi, yetishmovchiligi yoki shikastlanishi) uchun aeroport emas, aviakompaniya javobgar bo‘ladi. Shu sababli, uchib kelishda yozilgan barcha hujjatlar aviakompaniyaga yuboriladi.

Qayerga murojaat qilinadi?

Agar O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridan biriga yetib kelishda yo‘lovchining yuki topilmasa, u shikastlangan yoki ichidagi buyumlar yo‘qolgan bo‘lsa, birinchi navbatda Lost and Found (yo‘qolgan yuklar) xizmatiga murojaat qilish lozim.

Nimalar taqdim etiladi?

Bu holda aviachipta yoki bortga chiqish taloni, bagaj yorliqlari, ortiqcha yuk (agar mavjud bo‘lsa) uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar taqdim qilinadi.
Bagaj yorlig‘i yordamida mazkur xizmat xodimlari sizning yukingiz kelgan-kelmaganligini aniqlashadi.

Agar yuk boshqa reys bilan ketib qolsa-chi?..

Agar u jo‘nash aeroportida qolgan yoki boshqa reys orqali ketgan bo‘lsa, yo‘lovchi yo‘qotish to‘g‘risida ariza yozishi, kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi va yukning boshqa reys orqali yetib kelishini kutishi kerak.
Agar tizim bagaj belgilangan aeroportga yetib kelganini ko‘rsatsa, u holda xodimlar bagaj boshqa yo‘lovchi tomonidan olib ketilganini istisno qilish uchun videokuzatuv kamerasi tasvirlarini ko‘rib chiqadi.

Umuman topilmasa...

Agar bagaj qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yo‘qolgan bo‘lsa, yo‘lovchi moliyaviy kompensatsiya olish uchun ariza yozishi kerak.

Yo‘lovchi bilan bog‘liq vaziyat (pul kompensatsiyasi, yangi chamadon yoki uni ta’mirlash) aviakompaniya qoidalariga muvofiq hal qilinadi.

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv
7.6K views08:33
Ochish/sharhlash
2024-05-18 08:03:11
#muhojirlar #Rossiya #Oʻzbekiston
Tyumenda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik migrantlar shaxsiy buyumlarini sotishmoqda

Qo‘shni davlatlardan kelgan muhojirlar Tyumen ko‘chalarida o‘z shaxsiy buyumlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Buning uchun tartibsiz bozorlar paydo bo‘lgan.

Tyumenliklardan biri shunday deydi: “Biz shunday bozorni Tyumenning Salair traktida ko‘rdik. U yerda bir nechta erkak turli xil kiyim-kechak va mayda narsalarni sotar edi. Men sotuvchilardan birining qayerdan kelganini, molni qayerdan olganini so‘radim. U Tyumenga O‘zbekistondan kelganliklari va narsalar o‘ziniki ekanligini aytdi. Ular ijara va oziq-ovqat uchun pul kerak bo‘lgani uchun shaxsiy buyumlarini sotyapti”.

Yana bir fuqaro Tyumendagi Chervishevskiy traktida xuddi shunday bozorni ko‘rganini aytgan. “Chervishevskiy traktining chiqish yo‘llaridan birida bir necha erkak eski kurtkalar, jinsi shimlar, poyabzal va uyali telefonlar sotayotgan edi. Gaplariga qaraganda, erkaklar yangi kelganlardan ekan”, degan u o‘z xabarida.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.0K views05:03
Ochish/sharhlash
2024-05-17 20:04:09
#reyd #muhojirlar #vidvoreniye #Rossiya
“Ozon” omborida ishlagan yuzdan ortiq muhojir “vidvoreniye” qilinadi

Moskva viloyatida Ichki ishlar vazirligi ”Ozon” omboriga qilgan reydidan keyin 115 nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi.

Reyd davomida boshqa davlatlarning 115 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan noqonuniy mehnat faoliyati yuzasidan 76 ta bayonnoma tuzilgan. Yana 40 nafar xorijlik Rossiyada qolish rejimini buzgani aniqlangan.

Har bir qoidabuzar 5 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Ayni paytda politsiya xorijliklarni noqonuniy yollagan shaxslarni aniqlamoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
11.1K views17:04
Ochish/sharhlash
2024-05-17 18:02:03
Халқаро пул ўтказмалари фойдаланувчилари диққатига! Бизга сизнинг фикрингиз муҳим! Сўровномада иштирок этинг ва қимматли совғалардан бирига эга бўлиш имкониятини қўлга киритинг

SAMSUNG GALAXY A55
смартфони;
XIAOMI REDMI Note 13 Pro
смартфони.
APPLE AIRPODS PRO
(оригинал) қулоқчини.

Сўровнома маркетинг тадқиқоти учун фойдаланилади. Шахсий маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Ютуқ эгалари 2024 йил 23 май куни тасодифий сон генерацияси орқали аниқлаб олинади.

Сўровномани бошлаш

#reklama
11.3K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-05-17 16:38:15
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 17.05.2024
Toshkent 18:30
Moskva 16:30


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 93,44 (-0,21) rubl
• AkaPay - 93,98 (+0,11) rubl
• Мир Привилегий - 94,08 (-0,12) rubl
• Золотая Kорона - 94,64 (-0,11) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 137,00 (+1) so'm
• Unired Mobile - 136,00 (+0,3) so'm Onlayn
• Kwikpay - 135,70 (+0,15) so'm
• Sberbank - 134,44 (+0,56) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 140,90 (+0,4) soʻm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
11.4K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2024-05-17 14:01:55
#terakt #sud #Rossiya
"Crocus"dagi teraktda ayblanganlarning hibs muddati uzaytirildi

Ayblanuvchilar yetakchisi Shamsidin Fariduni, shuningdek Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rachabalizoda 22-avgustga qadar tergov izolyatorida qoladi.

Fayzov sud majlisiga nogironlar aravachasida olib kelingan. Sud jarayonida to‘rttasi ham gapirmagan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
11.1K views11:01
Ochish/sharhlash
2024-05-17 09:16:34
#patent #Rossiya
Patent topshirishga borganda pasportning orqasiga “О.П." belgisi qo‘yilmoqda. U nima degani?

Migratsiya markazining barmoq izlari oladigan xodimlari ayrim muhojirning pasporti orqasiga qo‘lda (“О.П.”) harflarini yozib qo‘ymoqda. “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha hech kim muhojirlarga rasman tushuntirish bergani yo‘q.

Migrantlar orasida “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha turli farazlar bor. Kimdir bu yozuvlar "Отпечатки пальцев" (barmoq izlari)ni anglatishini, kimdir "определенная проверка" (ma’lum tekshiruv) ekanini eshitgani haqida gapirmoqda.

Lekin bir narsa aniq – pasportiga O.П. belgisi yozilgan muhojirlar uchun patent olish qiyinroq bo‘lmoqda.

Ularga birinchi kelganlarida patent berilmayapti. Keyinroq kelishni aytib, qaytarib yuborilmoqda. Pasportiga O.П. harflari yozilgan muhojirlar Saxarovoda navbatini boshqalarga nisbatan uzoqroq kutishga to‘g‘rli kelmoqda.

Rossiya Federatsiyasining “Vizasiz davlatlardan kelgan xorij fuqarolarini daktiloskopiyadan o‘tkazish” haqidagi qonuni va Rossiya Ichki ishlar vazirligining (МВД) Daktiloskopiya o‘tkazish bo‘yicha qaroriga ko‘ra, xorij fuqarolarining barmoq izlarini olishda tekshiruv o‘tkazayotgan xodim shubhalangan insonlarini qaytadan (chuqurroq) tekshiruvdan o‘tkazishga huquqi bor. Bunday shubhaga tanadagi jarohatlar, alohida belgilar, noodatiy fe’l-atvor kabi narsalar sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur tekshiruvning protsessual nomi “оперативная проверка”, ya’ni tezkor tekshiruv deb nomlanadi.Bu tekshiruv idoralararo tizimlarda muhojirning ma’lumotlarini solishtirish bilan bog‘liq. Shuning uchun pasportiga “О.П.” harflari qo‘yilgan muhojirlar patentni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lishi mumkin.Biroq “оперативная проверка”, ya’ni tezkor tekshiruvning to‘g‘ridan to‘g‘ri patent olinishiga aloqasi yo‘q. Bu shunchaki muhojirning ma’lumotlarini kengroq tekshirish bilan bog‘liq.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.1K viewsedited  06:16
Ochish/sharhlash
2024-05-16 19:02:19
#ish #Slovakiya
O‘zbekistonliklar Slovakiyadagi avtozavodga ishga taklif qilinmoqda

Slovakiyadagi avtomobil zavodiga 1200 nafar o‘zbekistonliklar ishga taklif qilinmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, ishchilar haftada besh kun ishlab, 900 yevro maosh oladi. Qolaversa tibbiy sugʻurta bilan ta’minlanib, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.

Nomzodlarga talablar – 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lish va rus tilini yaxshi bilish. Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.

Ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi. Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Avtomobil zavodida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim!

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.0K views16:02
Ochish/sharhlash
2024-05-16 16:43:40
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 16.05.2024
Toshkent 18:30
Moskva 16:30


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 93,23 (-0,16) rubl
• AkaPay - 93,87 (-0,22) rubl
• Мир Привилегий - 93,96 (-0,19) rubl
• Золотая Kорона - 94,53 (-0,19) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 136,00 (0) so'm
• Unired Mobile - 135,70 (0) so'm Onlayn
• Kwikpay - 135,55 (+0,49) so'm
• Sberbank - 133,88 (+0,38) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 140,50 (0) soʻm

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.1K views13:43
Ochish/sharhlash
2024-05-16 15:32:09
#patent #migrant #Rossiya
Patentni tezroq olish uchun nima qilish kerak?

Ayni kunlarda Moskvada patentga topshirgani yoki tayyor patentni olgani borgan odamlar juda ko‘p. Har bir oynaga navbat bir necha soatlarga cho‘zilib ketmoqda.

Navbatni qisqartirish va “Saxarovo”dagi ishingiz tezroq bitishi uchun Ko‘ptarmoqli migratsiya markazining mobil ilovasida barcha to‘lovlarni oldindan amalga oshirishni va qabulga oldindan yozilishni tavsiya qilamiz.

mmc63.page.link/bj ilovasi faqat android tizimidagi telefonlarda ishlaydi. Shu ilova orqali patent uchun kerakli hujjatlarga oldindan to‘lov qilish mumkin. Oldindan to‘lov qilib borganlarning navbati tez keladi. Hujjatlarga topshirish qoladi, xolos.

Shuning uchun oldindan to‘lovlarni ilova orqali to‘lab, onlayn navbatga yozilib borishni tavsiya qilamiz.

Agar ushbu post 1000 ta layk yig‘sa, Ko‘ptarmoqli migratsiya markaziga oldindan yozilib borishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma tayyorlaymiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.1K views12:32
Ochish/sharhlash