Get Mystery Box with random crypto!

#patent #Rossiya Patent topshirishga borganda pasportning o | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#patent #Rossiya
Patent topshirishga borganda pasportning orqasiga “О.П." belgisi qo‘yilmoqda. U nima degani?

Migratsiya markazining barmoq izlari oladigan xodimlari ayrim muhojirning pasporti orqasiga qo‘lda (“О.П.”) harflarini yozib qo‘ymoqda. “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha hech kim muhojirlarga rasman tushuntirish bergani yo‘q.

Migrantlar orasida “О.П.” harflari nimani anglatishi bo‘yicha turli farazlar bor. Kimdir bu yozuvlar "Отпечатки пальцев" (barmoq izlari)ni anglatishini, kimdir "определенная проверка" (ma’lum tekshiruv) ekanini eshitgani haqida gapirmoqda.

Lekin bir narsa aniq – pasportiga O.П. belgisi yozilgan muhojirlar uchun patent olish qiyinroq bo‘lmoqda.

Ularga birinchi kelganlarida patent berilmayapti. Keyinroq kelishni aytib, qaytarib yuborilmoqda. Pasportiga O.П. harflari yozilgan muhojirlar Saxarovoda navbatini boshqalarga nisbatan uzoqroq kutishga to‘g‘rli kelmoqda.

Rossiya Federatsiyasining “Vizasiz davlatlardan kelgan xorij fuqarolarini daktiloskopiyadan o‘tkazish” haqidagi qonuni va Rossiya Ichki ishlar vazirligining (МВД) Daktiloskopiya o‘tkazish bo‘yicha qaroriga ko‘ra, xorij fuqarolarining barmoq izlarini olishda tekshiruv o‘tkazayotgan xodim shubhalangan insonlarini qaytadan (chuqurroq) tekshiruvdan o‘tkazishga huquqi bor. Bunday shubhaga tanadagi jarohatlar, alohida belgilar, noodatiy fe’l-atvor kabi narsalar sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur tekshiruvning protsessual nomi “оперативная проверка”, ya’ni tezkor tekshiruv deb nomlanadi.Bu tekshiruv idoralararo tizimlarda muhojirning ma’lumotlarini solishtirish bilan bog‘liq. Shuning uchun pasportiga “О.П.” harflari qo‘yilgan muhojirlar patentni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lishi mumkin.Biroq “оперативная проверка”, ya’ni tezkor tekshiruvning to‘g‘ridan to‘g‘ri patent olinishiga aloqasi yo‘q. Bu shunchaki muhojirning ma’lumotlarini kengroq tekshirish bilan bog‘liq.

Obuna bo‘ling
@migrantuz