Get Mystery Box with random crypto!

#patent #migrant #Rossiya Patentni tezroq olish uchun nima | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#patent #migrant #Rossiya
Patentni tezroq olish uchun nima qilish kerak?

Ayni kunlarda Moskvada patentga topshirgani yoki tayyor patentni olgani borgan odamlar juda ko‘p. Har bir oynaga navbat bir necha soatlarga cho‘zilib ketmoqda.

Navbatni qisqartirish va “Saxarovo”dagi ishingiz tezroq bitishi uchun Ko‘ptarmoqli migratsiya markazining mobil ilovasida barcha to‘lovlarni oldindan amalga oshirishni va qabulga oldindan yozilishni tavsiya qilamiz.

mmc63.page.link/bj ilovasi faqat android tizimidagi telefonlarda ishlaydi. Shu ilova orqali patent uchun kerakli hujjatlarga oldindan to‘lov qilish mumkin. Oldindan to‘lov qilib borganlarning navbati tez keladi. Hujjatlarga topshirish qoladi, xolos.

Shuning uchun oldindan to‘lovlarni ilova orqali to‘lab, onlayn navbatga yozilib borishni tavsiya qilamiz.

Agar ushbu post 1000 ta layk yig‘sa, Ko‘ptarmoqli migratsiya markaziga oldindan yozilib borishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma tayyorlaymiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz