Get Mystery Box with random crypto!

#yuk #aeroport #Oʻzbekiston ​Aeroportda yukingiz yo‘qolib q | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#yuk #aeroport #Oʻzbekiston
Aeroportda yukingiz yo‘qolib qolsa, nima qilish kerak?

Bo‘lmasin-u, mabodo shu hol siz bilan ro‘y bersa, nima qilish lozim? Qayerga murojaat qilinadi?

Kim javobgar?

Shuni ham aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 114-moddasi bo‘yicha, yo‘lovchi aviachipta sotib olayotganda aviakompaniya bilan shartnoma tuzadi. Shu sababdan, yo‘lovchi bagaji (yo‘qolishi, yetishmovchiligi yoki shikastlanishi) uchun aeroport emas, aviakompaniya javobgar bo‘ladi. Shu sababli, uchib kelishda yozilgan barcha hujjatlar aviakompaniyaga yuboriladi.

Qayerga murojaat qilinadi?

Agar O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridan biriga yetib kelishda yo‘lovchining yuki topilmasa, u shikastlangan yoki ichidagi buyumlar yo‘qolgan bo‘lsa, birinchi navbatda Lost and Found (yo‘qolgan yuklar) xizmatiga murojaat qilish lozim.

Nimalar taqdim etiladi?

Bu holda aviachipta yoki bortga chiqish taloni, bagaj yorliqlari, ortiqcha yuk (agar mavjud bo‘lsa) uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar taqdim qilinadi.
Bagaj yorlig‘i yordamida mazkur xizmat xodimlari sizning yukingiz kelgan-kelmaganligini aniqlashadi.

Agar yuk boshqa reys bilan ketib qolsa-chi?..

Agar u jo‘nash aeroportida qolgan yoki boshqa reys orqali ketgan bo‘lsa, yo‘lovchi yo‘qotish to‘g‘risida ariza yozishi, kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi va yukning boshqa reys orqali yetib kelishini kutishi kerak.
Agar tizim bagaj belgilangan aeroportga yetib kelganini ko‘rsatsa, u holda xodimlar bagaj boshqa yo‘lovchi tomonidan olib ketilganini istisno qilish uchun videokuzatuv kamerasi tasvirlarini ko‘rib chiqadi.

Umuman topilmasa...

Agar bagaj qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yo‘qolgan bo‘lsa, yo‘lovchi moliyaviy kompensatsiya olish uchun ariza yozishi kerak.

Yo‘lovchi bilan bog‘liq vaziyat (pul kompensatsiyasi, yangi chamadon yoki uni ta’mirlash) aviakompaniya qoidalariga muvofiq hal qilinadi.

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv