Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.98K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-06-04 10:32:08
#janjal #muhojirlar #sirgʻa #Rossiya
Sirg‘a taqqan yigit janjalga sabab bo‘ldi

Moskvada muhojir yigitlarga bir rus o‘smirning qulog‘iga sirg‘a taqqani o‘rtada mushtlashuvga sabab bo‘ldi.

Mushtlashuvda qatnashgan mahalliy aholining biri jag‘i, janjalga aralashgan katta yoshli odamning burni singani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Odatdagidek, Tergov qo‘mitasi (SK) rahbari Bastrikin tergovning borishini nazorat qilmoqda.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
8.9K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-06-04 09:27:00
#reyd #migrant #Rossiya
Podolskdagi qurilish maydonida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

Borisovkaning Podolsk qishlog‘ida politsiya qurilayotgan “Novaya Shcherbinka” turar-joy majmuasida reyd o‘tkazdi. U yerda xodimlar qo‘shni davlatlardan 218 nafar qoidabuzarni aniqladilar – 93 nafar migrant hududda patentsiz ishlagan, 127 nafari esa Rossiyani vaqtida tark etmay, mamlakatda qolgan.

Moskva viloyati politsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 56 nafar tashrifchi mamlakatdan chiqarib yuboriladi, qolganlari 5 mingdan 40 ming rublgacha jarima to'laydi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida politsiya noqonuniy faoliyat tashkilotchisi – Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan 28 yoshli shaxsni aniqlagan. Unga nisbatan “Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
9.4K views06:27
Ochish/sharhlash
2024-06-03 21:39:18 #intervyu #siyosat
Sherzodxon Qudratxo‘janing shov-shuvli intervyusi



11.2K views18:39
Ochish/sharhlash
2024-06-03 17:02:08
#millatchilik #migrant #Rossiya
Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi migrantlarni gijjalarga o‘xshatdi

Ruhoniy Maksim Serpitskiy muhojirlarni keskin tanqid qilib, ularni tanadan chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan parazit va bakteriyalarga qiyosladi. Uning fikricha, muhojirlar Rossiyadagi turmush sharoitini yaxshilashdan manfaatdor emasligi va faqat tekinxo‘rlik qilayotgani mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda ekan.

“Ular bu yerda yashashni va biror narsani yaxshilashni xohlamaydilar. Bizga shu kerakmi? Agar ichaklarda hayotiy kuchini tortib olayotgan gijjalar paydo bo‘lsa, odam hech qachon bunga rozi bo‘lmaydi. Mayli, yashayversin, qornini to‘yg‘azaveramiz”, deydi rus pravoslav cherkovi ruhoniysi.

Uning fikricha, uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi xorijlik ishchilarga rossiyalik talabalardan ham ko‘ra yaxshiroq sharoitlar yaratib bergan emish. Ruhoniy migratsiya siyosatini o‘zgartirishni va migrantlar kelayotgan davlatlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.

Muammoni hal qilish uchun u tahlil o‘tkazish va ishchi kuchining asosiy "olib keluvchilarini" aniqlashni taklif qiladi. Ruhoniy muhojirlarning o‘rniga muqobil xizmatni o‘tayotganlarni uy-joy kommunal xo‘jaligiga ishga yuborish kerakligini aytadi.

Maksim Serpitskiy, shuningdek, fuqarolarni migrantlarni ishga joylashtirishga faol qarshilik ko‘rsatishga va jamiyat darajasida o‘zgarishlarni boshlash uchun har qanday qonunbuzarliklar haqida xabar berishga chaqiradi.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
12.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-06-03 15:15:50
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 03.06.2024
Toshkent 17:00
Moskva 15:00


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 91,18 (-1,07) rubl
• AkaPay - 92,01 (-0,63) rubl
• Золотая Kорона - 92,78 (-0,89) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Unired Mobile - 137,80 (+2,3) so'm Onlayn
• Solidarnost - 136,50 (0) so'm
• Kwikpay - 136,44 (+0,3) so'm
• Sberbank - 134,05 (-0,7) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 1142,80 (+1,8) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
11.5K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-06-03 15:04:00 Guruhda tartib va madaniyat saqlanishi uchun, bu yerdagi o‘zaro muloqot hammaga manfaatli bo‘lishi uchun qoidalarni joriy etamiz. Ushbu qoidalarga rioya qilmaganlar — ogohlantirishsiz bloklanadi.

Qoidalar bilan tanishing:

So‘kinish, haqoratlash, urushish mumkin emas.
Tanishish, mazmunsiz, yengil-yelpi mavzuda suhbatlashish mumkin emas.
Diniy mazmundagi xabarlar tarqatish va baxslashish mumkin emas.
Boshqa manbalarning linkini admin va moderatorlar ruxsatisiz qo‘yish mumkin emas.
Mavzuga aloqasi yo‘q, behayo rasm va videolarni yuborish taqiqlanadi.
Reklama yuborish taqiqlanadi.
Millatchilik, irqchilik yoki shovinistlik mumkin emas.
Xayriya, exson va pul so‘rab yozish ham taqiqlanadi.
10.7K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-06-03 13:02:45
#aeroport #Qozon
"Qozon" aeroporti vaqtincha yopildi

3-iyun kuni Qozon xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish uchun vaqtincha yopildi. Qaror havo harakatini boshqarish organlari ko‘rsatmasi bo‘yicha keyingi ogohlantirishgacha qabul qilindi, dedi aeroport manbasi.

Federal havo transporti agentligi ma'lumotlariga ko'ra, aeroport Moskva vaqti bilan soat 11:29 dan boshlab reyslarni vaqtincha qabul qilmaydi yoki jo'natmaydi.

Qozonga uchayotgan reyslar Ulyanovsk, Samara, Cheboksari, Ufa va Moskvadagi (Vnukovo) muqobil aerodromlarga yo'naltirildi.

31-may kuni Qozon va Nijnekamsk (Begishevo) aeroportlari yopildi, respublika poytaxtida sirena yangradi, korxonalarda evakuatsiya zarurati e'lon qilindi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Tatariston osmonida dron urib tushirilgan.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
11.1K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-06-03 11:59:51
Hurmatli obunachilar, eslatib o'tamiz, bunday akkauntlardan sizga turli murojaatlar bilan yozishsa, aslo ishonmang! Ular – firibgarlar!

Firibgarlarga to'lov qilib aldanib qolmang.

Unutmang, Migrant.uz xodimlari hech qachon sizga shaxsiy xabar orqali birinchi bo'lib yozmaydi!

Ogoh bo'ling!
10.7K views08:59
Ochish/sharhlash
2024-06-03 10:01:18
#ish #Qatar #Oʻzbekiston
O‘zbekistonliklar Qatarda ishlashi mumkin

O‘zbekiston – Qatar munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib bormoqda. Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning mamlakatimizga ikki marotaba tashrifi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgani bunga misoldir.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga e’tibor qaratildi.

2023-yilning 6-iyun kuni Samarqand shahrida ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida “Qatar Davlati hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish to‘g‘risida”gi bitim imzolangan. Uchrashuvda ushbu bitimni hayotga tatbiq etish mexanizmlariga to‘xtalib o‘tildi.

Qatar davlat Mehnat vazirining ta'kidlashicha, ushbu mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori.

Ushbu davlatda ishlash istagida bo‘lganlarni qiynayotgan eng katta masala bu til to‘sig‘i ekanligi aytib o‘tildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ushbu muammoni yechish bo‘yicha shu yerdagi mavjud tajribadan kelib chiqib ishchi kuchini maqsadli tayyorlash bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va ko‘rsatkichlar 2008-yilda tasdiqlangan “Qatar Vision – 2030” dasturida ham o‘z aksini topganligini ma’lum qildi. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sug‘urtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplash yo‘lga qo‘yilganligini, hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etilganligini aytib o‘tgan.

Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari o‘rtasida qo‘shma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yig‘ilishi Qatarda o‘tkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
10.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2024-06-03 09:09:01
#migrant #Rossiya
Migrantlarning ketishi Leningrad oblasti fermer xo‘jaliklarida kadrlar yetishmasligiga sabab bo‘ldi

2024-yil boshida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida qishloq xo‘jaligida ishchilarga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 31 foizga oshdi, deya xabar beradi HeadHunter. Faol rezyumelar soni Leningrad oblastida 19 foizga, Sankt-Peterburgda esa 1 foizga oshdi.

Aprel oyida qishloq xo'jaligi ishchilariga bo'lgan talab ayniqsa yuqori bo'ldi: Leningrad oblastida talab 30% ga, Sankt-Peterburgda - 29% ga oshdi. Rezyumelar soni mos ravishda 15% va 3% ga ko‘paydi. Leningrad oblastida o'rtacha ish haqi deyarli 50 foizga - 57 ming rubldan 84,7 ming rublgacha oshgan. Sankt-Peterburgda esa ish haqi 35 foizga oshdi - 69,9 ming rubldan 94,7 ming rublgacha.

Leningrad viloyatida qishloq xo'jaligida bo'sh ish o'rinlari uchun 3,1 rezyume mavjud bo'lib, bu kadrlarning jiddiy yetishmasligidan dalolat beradi. Sankt-Peterburgda bu ko'rsatkich 5,4 rezyumeni tashkil etadi, bu raqobatning oddiy darajasi hisoblanadi.

Leningrad oblasti va Sankt-Peterburg fermerlari assotsiatsiyasi rahbari Mixail Shkondaning fikricha, kadrlar yetishmasligiga asosiy sabab migrantlar oqimidir. Oxirgi 5 yil ichida Sankt-Peterburgdagi ish beruvchilarning atigi 14 foizi muhojirlar soni ortganini payqagan, kompaniyalarning 55 foizi esa hech qanday o‘zgarishlarni ko‘rmayapti.

Leningrad oblasti - Rossiyaning eng katta ishchi kuchi tanqisligi bo'lgan uchta mintaqasidan biri: o'tgan yilning oxiriga kelib, har bir arizachiga 13,6 bo'sh ish o'rni to'g'ri keldi. Joriy yilning bahorida, Moskvadagi teraktdan keyin chet ellik ishchilar ketishi kuchaygan. Aprel oyidan beri migrantlar soni Tojikistondanntlar 60 foizga, O‘zbekistondan esa 40 foizga kamaydi.

Mixail Shkondaning ta'kidlashicha, ko'plab fermer va ishchilar Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga ketgan, qolgan ishchilar esa yetarli emas. Ishchi kuchi tanqisligi qurilish sanoati va boshqa sohalarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
11.4K views06:09
Ochish/sharhlash