Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.98K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-06-07 09:02:25
#topilmalar #hujjat
Diqqat! Hujjat yo'qotib qo'yilgan!

Hujjat O'zbekiston fuqarosi Rahmonov Asadbek Akmaljon o'g'li nomida.

Moskva, metro Borovitskaya

Topib olganlar iltimos quyidagi raqamga murojaat qiling! Suyunchisi bor!

+79775181434

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
11.5K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2024-06-06 20:03:52
Россиядан Ўзбекистонга комиссиясиз юқорироқ курсда пул ўтказса бўладими?

Албатта бўлади. Буни қандай қилишни 1 дақиқалик видеони кўриб осон ўрганиб олинг !
Сбп да муаммо бўлса оддий ўтказма тури ҳам комиссиясиз

Фойдаланиб кўринг ва керакли бўлган танишлангизга юбориб қўйинг

юклаб олиш

#reklama
12.5K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2024-06-06 18:07:36
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 06.06.2024
Toshkent 19:34
Moskva 17:34


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 90,93 (+0,21) rubl
• AkaPay - 91,30 (0) rubl
• Золотая Kорона - 92,48 (+0,15) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 139,30 (+1,15) so'm
• Unired Mobile - 138,90 (+0,14) so'm Onlayn
• Kwikpay - 138,81 (-0,49) so'm
• Sberbank - 137,20 (+1,48) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 143,80 (+1,5) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.4K viewsedited  15:07
Ochish/sharhlash
2024-06-06 16:59:52
Farzandimiz rus maktabiga moslashib keta olmaydi, degan gumondamisiz?

Umaklass “Rus tili xuddi chet tili kabi” kursiga ro‘yxatga olish boshlanmoqda!

Bu puxta ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha rus tilini o‘rganib olish yuzasidan 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Nima uchun aynan bizning kursni tanlagan ma’qul:

Videoaloqali onlayn darslar: o‘qituvchilar va sinfdoshlar bilan jonli muloqot.
Grammatika va leksika: bola rus tilini hech qanday qiyinchiliksiz tushunib, rus tilida yozish va gapirishni o‘rganib oladi.
Madaniyat orqali moslashib ketish: mahalliy urf-odatlar, xalqlar va geografiyaga taalluqli bilimlar farzandingizning yangi joylarga tez moslashib olishiga yordam beradi.

Maktabimiz haqida:
Umaclass bolalarni islom shuuri orqali tarbiyalab, maktabimizni musulmon oilalari uchun benazir to‘xtamga aylantiradi. Biz farzandingizning zamonaviy dunyoning salbiy ta’siridan pana bo‘lishiga ko‘mak beramiz.

Farzandlaringiz qanday natijalarga erishadi:

Rus tilida erkin va dadil muloqot qila bilish.
O‘qish, gapirish, tinglash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Rus tili grammatikasining negizini o‘zlashtirish.
Yangi muhitdagi dadillik va ijtimoiy adaptatsiyaning ortib borishi.

O‘rinlar soni cheklangan!
Mazkur kurs o‘zi va unga ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsilroq ma’lumot olish uchun:
https://t.me/umaclasarus

#reklama
11.2K viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash
2024-06-06 16:02:29
#halokat #migrant #Rossiya
“Wildberries” omborida tomdan qulagan ishchi vafot etdi

“Shot” telegram kanalining ma’lum qilishicha, himoya vositalarisiz tomni tuzatayotgan ishchi pastga yiqilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ishchining hayotini saqlab qola olmagan.

Fojia tufayli “Wildberries” ombori 6 soat ishlamagani aytilmoqda. Omborda maxsus komissiya tuzilib, voqea tafsilotlarini o‘rganib, tekshiruv o‘tkazmoqda.

Halok bo‘lgan ishchining shaxsi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Yekaterinburgdagi “Wildberries” omborida ishlagan 27 yoshli ayol tepadan yiqilib vafot etgani xabar qilingan edi.

Batafsil

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
10.6K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-06-06 15:08:08
#yogʻingarchilik #migrant #Rossiya
Moskvaning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqini kuzatilmoqda.

Ba’zi ko‘chalar suv ostida, yo‘llar o‘rniga daryolar paydo bo‘ldi, mashinalar cho‘kmoqda, odamlar tizza bo‘yi suv kechmoqda.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
11.3K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-06-04 16:01:55 #patent #migrant #Rossiya
Patentga oldindan to‘langan pullarni qaytarsa bo‘ladimi?

Ko‘pincha mehnat muhojirlari patent to‘lovini oldindan bir necha oyga to‘laydi. Bu bilan migratsion qaydni (регистрация) uzaytirish yoki patentni uzaytirish uchun pul topolmay qolish kabi holatlarning oldini olishmoqchi bo‘lishadi.

Ammo hayotda har xil vaziyat bo‘ladi. Masalan, Rossiyadan zudlik bilan uyga qaytish lozim bo‘lib qolishi mumkin. Shunday holatda patentga oldindan to‘lab qo‘yilgan pullar ortiqcha to‘langan soliq deb baholanadi va ularni qaytib olsa bo‘ladi.

Oldindan to‘langan patent pullari Rossiya soliq kodeksining 78-moddasi 14-punktiga ko‘ra ortiqcha to‘langan soliq tartibida qaytariladi.

Buning uchun Rossiya soliq xizmati inspeksiyasiga (ИФНС) ortiqcha to‘langan soliq pullarini qaytarish bo‘yicha ariza yozish kerak. Patentga to‘langan pullar Tula shahridagi Soliq inspeksiyasiga yuboriladi. Shuning uchun migratsion qaydingiz bo‘yicha “ИФНС”ga ariza yozishdan avval ular eksterritorial prinsip bo‘yicha arizalarni qabul qilishadimi yoki yo‘qmi, so‘rashingiz kerak. Qabul qilishsa arizani o‘sha yerda yozishingiz mumkin.

Arizada patent egasining ism-sharifi, patent uchun oldindan qilingan to‘lovlar sanasi, pullarni qaytarish uchun asos, pullarni qaysi hisob raqamiga qaytarish kerakligi ko‘rsatiladi.

Ariza bilan birga oldindan to‘langan patent pullarining cheki nusxasi va soliq deklaratsiyasi topshiriladi. Soliq deklaratsiyasi (3-НДФЛ) ni qanday to‘ldirish bo‘yicha namuna “ИФНС”da bor.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
5.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-06-04 15:02:04
#taqiq #migrant #Rossiya
Yil boshidan buyon deyarli 2,5 ming chet ellik Rossiyaga kiritilmagan

2024-yilning o‘tgan 5 oyida migratsiya bo‘limlari tomonidan chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga kirishini rad etish bo‘yicha 2474 ta qaror qabul qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar ko‘p, deb xabar beradi Rossiya IIVning Primorsk o‘lkasi bo‘yicha matbuot xizmati.

Chet el fuqarolarining bo'lishini nazorat qilish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Rossiya Federatsiyasiga uch yildan o'n yilgacha bo'lgan muddatga kirishni taqiqlash ko'rinishidagi jazoni talab qiladi. Davomiyligi migrantlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikning turi va jiddiyligiga bog'liq.

Masalan, migratsiya departamenti xodimlari Rossiya FSB chegara boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Ussuriysk tuman sudi qarori bilan avval mamlakatdan chiqarib yuborilgan fuqaroning shaxsini aniqladi. U O‘zbekiston Respublikasidan aviachipta sotib olib, Rossiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan, biroq Vladivostok xalqaro aeroportida qo‘lga olingan. Unga nisbatan maʼmuriy materiallar toʻplangan.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
6.1K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-06-04 13:03:02
#xizmatlar #migrant #Rossiya
Tyumenda migrantlar ovqat uchun ishlayotgani xabar qilinmoqda

Tyumendagi migrantlar ovqat evaziga ishlayapti, degan xabarlar tarqaldi. Vaziyat Tyumenning shahar atrofidagi tumanlaridan birida yuzaga kelgan.

Turli bog‘dorchilik hududlari – “dacha”larda chet el fuqarolari guruhlari kuzatilgan. Ularning ko‘pchiligi Bereznyakovskiy yaqinida joylashgan.

“Bereznyaki mikrorayoniga yaqin joylashgan dacha posyolkalari hududida bir guruh muhojirlar kuzatilgan. Ular uyma-uy yurib, uy ishlarida yordam berishadi. Ular mehnatiga haq sifatida oziq-ovqat qabul qilishga ham tayyor”, — deb yozadi ura.ru sayti.

Bunday to‘lov uchun chet elliklar yer chopish, axlatni chiqarib tashlashga va boshqa ishlarni qilishga tayyor.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tyumen viloyati bo‘yicha hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
7.5K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-06-04 12:04:39
#efir #migratsiya #Rossiya #Oʻzbekiston
"Rus tili tugul o‘zbek tilida gapini tushuntira olmaydigan yoshlar ko‘p..."

"Milliy" telekanalda efirga uzatilgan "Gapirmasak bo‘lmaydi" tok-shousida migratsiya masalasi muhokama qilingan. Huquqshunos Botirjon Shermuhammad migratsiyaning muammolari haqida gapirdi...

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
8.6K views09:04
Ochish/sharhlash