Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.98K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-05-31 08:37:12 #deport #fuqarolik #Rossiya
Rossiyada deport va fuqaroligidan mahrum qilinganlar ko‘paydi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki uch oyida 22 mingga yaqin chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir.

6,8 mingdan
ortiq xorijlik maxsus muassasalarda saqlangan holda Rossiyadan deport bo'lishini kutmoqda, bu ham o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Rossiyaga kirishga ruxsat berilmaganlar soni ham oshdi: agar 2023-yilning birinchi uch oyida 55 ming xorijlik Rossiya Federatsiyasiga kiritilmagan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu 79 ming nafarga yetdi. Berilgan vaqtinchalik propiskalar soni 40,9 foizga, yashash uchun ruxsatnomalar esa 20,1 foizga kamaydi.

Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan aniqlangan noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni 2,5 barobar oshdi.

Fuqarolikka qabul qilinganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 49 foizga kamaydi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi bunga ushbu sohada nazorat kuchaytirilgani va Ukrainaning bosib olingan hududlari aholisining Rossiya fuqarosi sifatida tan olinishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. 669 kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum qilingan.

“Krokus”dagi teraktdan keyin Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga, birinchi navbatda, tojikistonliklarga nisbatan bosim kuchaygan. Mehnat muhojirlariga ommaviy reydlar uyushtirildi, xavfsizlik kuchlari odamlarni yotoqxonalardan, ish joylaridan va hatto masjidlardan olib ketishdi.

Kerakli hujjatlari bo‘lmagan xorijliklar Rossiyadan ommaviy ravishda chiqarib yuborilgan, kelganlar esa mamlakatga kiritilmagan. O‘nlab oblastlar hokimiyati migrantlarning yo‘lovchi tashish, taksi va boshqa sohalarda ishlash huquqini cheklab qo‘ygan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, bunday choralar "mahalliy aholi hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash uchun" ko‘rilgan.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiya pasportini olgan muhojirlarni Ukrainaga qarshi urushda qatnashishni istamasa, fuqarolikdan mahrum qilishni taklif qilgan edi. Dekabr oyidayoq muhojirlar harbiy ro‘yxatga olishdan bo‘yin tovlagani uchun fuqarolikdan mahrum etila boshlandi.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram
7.9K viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2024-05-30 19:06:50
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 30.05.2024
Toshkent 21:00
Moskva 19:00


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

Kwikpay - 91,92 (+0,3) rubl
• AkaPay - 92,73 (+0,42) rubl
• Золотая Kорона - 93,44 (+0,36) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 137,90 (-0,76) so'm
• Kwikpay - 137,03 (-098) so'm
• Unired Mobile - 136,20 (-1,8) so'm Onlayn
• Sberbank - 135,91 (-1,54) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 141,80 (-1,2) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
10.8K views16:06
Ochish/sharhlash
2024-05-30 13:02:55
#migrantlar #Rossiya
Imtihonni kutgan migrantlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda

Voronejda o‘nlab muhojirlar tunni mahalliy davlat universiteti devorlari yonida o‘tkazmoqda. “Vesti Voronej” telekompaniyasining xabar berishicha, migrantlar rus tili va tarixi bo‘yicha test topshirish navbatini o‘tkazib yubormaslik uchun shunday qilishga majbur bo‘lishmoqda.

Xususiy tashkilotlarga chet elliklarni imtihon qilish taqiqlanganidan keyin Voronej universiteti yagona test markazi bo‘lib qoldi. Imtihon natijalarisiz patent yoki ishlashga ruxsat olish mumkin emas.

Imtihon topshirishni kutayotgan erkaklardan birining aytishicha, odamlar o‘quv yurti binosi tashqarisida bir necha kunlab yashashmoqda. “Ular shu yerda uxlashadi, shu yerda ovqatlanishadi”, - deya aniqlik kiritgan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonga ro‘yxatdan o‘tish haftada faqat uch kun amalga oshiriladi. Agar patent belgilangan muddatda berilmasa, chet elliklar jarimaga tortiladi. Test sinovlarini o‘tkazayotgan universitet navbatlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermagan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.3K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-05-30 12:50:37
#reyd #wildberries #Rossiya
Wildberries omborida reydlar davom etyapti

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Obuna bo‘ling
@migrantuz
10.8K views09:50
Ochish/sharhlash
2024-05-30 11:02:17
AKA Pay telefonlarni sovg'a qiladi!

1-maydan 31-maygacha AKA Pay orqali oilangiz va doʻstlaringizga Rossiyadan Oʻzbekistonga istalgan summani oʻtkazing.

Har hafta ikkita Xiaomi Redmi 13C yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Telegram kanalimizdagi sovg'alarni havola orqali kuzatib boring

Ssilka bo’ylab AkaPay ilovasini yuklang va yaqinlaringizga foydali pul o’tkazmalarni yuboring.

Ilova uchun ssilka — https://bit.ly/3wcMOAX

Sayt — https://bit.ly/4baH75o

Kanal — https://t.me/akapay_uz

Savollar - https://t.me/Akapaybot

#reklama
10.8K views08:02
Ochish/sharhlash
2024-05-30 08:57:26
#deport #bloger #Turkiya
Sababsiz deportatsiya: Beknazar Rahmatovga Istanbuldagi Bosh konsulxona ham yordam bera olmadi

Turkiyada 4 yildan buyon ishlash ruxsatnomasi bilan yashaganiga qaramay, 28-may kuni Toshkentdan Istanbulga uchib kelgan bloger Beknazar Rahmatov maxsus xizmat vakillari tomonidan olib ketilgan.

Qizig‘i, butun boshli samolyotdan faqat Beknazar Rahmatovgina turk chegarachilarining nazariga tushgan. Beknazar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ham qo‘lidan kelgancha yordam berishga harakat qilgani, biroq oxir oqibat hujjatlari joyida bo‘lishiga qaramay, hech qanday sababsiz ortga qaytarib yuborilganini yozgan.

Bloger hech qachon Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzmagani, doim ochiq faoliyat olib borganini ta’kidlab, turk chegarachilari harakatidan noroziligini bildirdi. U ikki oy ichida appelyasiya berish huquqidan foydalanishini ma’lum qildi.

2021-yilda bir guruh politsiya xodimlari blogerni qo‘lga olish uchun Beknazar Rahmatovning Istanbuldagi uyiga kelgan. O‘shanda Rahmatov deportatsiya markazida 35 kun o‘tirishga majbur bo‘lgan edi.

Rahmatov sudda o‘zining aybsizligini isbotlashga muvaffaq bo‘lganidan so‘ng, turk tomoni blogerdan kechirim so‘rashga va uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi.

Migratsiya masalalariga bag‘ishlangan qator nashrlarda joriy yilning mart oyidan beri Istanbulga kelgan 20-35 yoshli o‘zbekistonlik yoshlarning ayrimlari O‘zbekistonga qaytarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Beknazar Rahmatov ham o‘zining telegram-kanalida ushbu holatlar haqida ma’lum qilib kelayotgan edi.

Bu xabarlardan so‘ng Turkiyada yashayotgan o‘zbeklarda xavotir uyg‘ondi. Shu yil may oyi boshida Toshkentga tashrif buyurgan Turkiya vise-prezidenti Jevdet Yilmazdan o‘zbekistonlik jurnalistlar o‘zbekistonliklarning Turkiyaga kiritilmagani holatlariga izoh berishni so‘radi.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
11.5K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2024-05-29 20:04:33
Россиядан нега айнан виза картага пул юбориш керак?

«Unired»дан рублда виза картага пул юборсангиз, доллар ҳолатда тушади.
Виза тизими тезкор.
Хавфсизлик бўйича ҳам виза энг юқори ўринда.
Ўзбекистондаги банк ёки банкоматлардан безкомиссия $ йечиш имконияти

Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
юклаб олиш

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
13.1K views17:04
Ochish/sharhlash
2024-05-29 19:32:07
SNILSni МФЦ «Мои документы»’da rasmiylashtirish imkoniyati tiklandi

Ma’lum muddat SNILSni “Moi dokumenti” (МФЦ «Мои документы») markazida olib bo‘lmayotgandi. SNILS rasmiylashtirish uchun kelgan muhojirlar “baza ishlamayapti” deb qaytarib yuborilayotgandi.

Hozir SNILS yana berilmoqda. Bemalol pasportingiz, pasportning notarial tarjimasi bilan SNILS olish uchun o‘zingizga yaqin “Moi dokumenti”ga (МФЦ «Мои документы»)borishingiz mumkin.

SNILS bepul beriladi.

SNILS – shaxsning Rossiya Ijtimoiy fondidagi raqami. INN soliqdagi raqamingiz bo‘lsa, SNILS ijtimoiy fonddagi raqamiingiz. Siz uchun ish beruvchi to‘laydigan ijtimoiy to‘lovlar SNILS raqamingiz asosida davlatga o‘tkaziladi. Shuningdek, migrantlarga

SNILS Gosuslugida ro‘yxatdan o‘tib davlat xizmatlarini onlayn olish, jumladan “uvedomleniye”ni uydan chiqmay topshirish uchun kerak.

Obuna bo’ling
@migrantuz
13.1K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-05-29 18:20:30
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 29.05.2024
Toshkent 20:10
Moskva 18:10


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 91,62 (+0,72) rubl
• AkaPay - 91,71 (+0,68) rubl
• Золотая Kорона - 93,08 (+0,99) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 138,66 (-1,04) so'm
• Kwikpay - 138,32 (-0,78) so'm
• Unired Mobile - 138,00 (-1,7) so'm Onlayn
• Sberbank - 137,45 (-0,16) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 143,00 (-1,7) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.9K views15:20
Ochish/sharhlash
2024-05-29 13:34:34
#urush #harbiy_xizmat #Rossiya
Masjiddan urishga olib ketishdi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.7K viewsedited  10:34
Ochish/sharhlash