Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.98K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-05-29 11:00:06
#sharoit #migrant #Rossiya
Putin migrantlarga “munosib mehnat sharoitlari”ni va’da qildi

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatlarini aytdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaradan so‘ng Putin Moskva muhojirlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti lavozimiga kirishganidan beri Putin uni qonuniy davlat rahbari sifatida tan olgan davlatlar bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratdi. O‘zbekistonda bo‘lgan chog‘ida u O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurishga va’da berdi. Migratsiya sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi va Putin Rossiya hukumati “O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari uchun munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun hamma narsani qilishiga” ishontirdi.

Biroq may oyi boshida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan minglab muhojir Rossiyaga kiritilmagan. Krokus City Xolldagi teraktdan so‘ng Davlat dumasi deputatlari noqonuniy migrantlar uchun “quvib chiqarish rejimi” tushunchasini o‘rnatuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga nisbatan bosim kuchaydi: ular ommaviy ravishda hibsga olinmoqda, yotoqxonalardan, ish joylaridan va masjidlardan olib ketilmoqda.

Rossiya rasmiylarining muhojirlarga nisbatan siyosati nomutanosibligicha qolmoqda. 2024-yilda Mehnat vazirligi ommaviy deportatsiyalarga qaramay, mehnat muhojirlari uchun kvotalar sonini oshirdi. O‘zbekistondan ishchi kuchi bilan bog‘liq masala yuqori darajada hal etilishi kutilmoqda.

Bloger Mark Feyginning fikricha, Moskvaning mehnat muhojirlariga ehtiyoji katta. Buning sababi, mehnatga layoqatli erkaklarning katta qismi "maxsus harbiy operatsiya" zonasida - Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 700 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar bor.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:24:41
#qotillik #migrant #Rossiya
Oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lgan er... xotinini o‘ldirdi

Moskva yaqinidagi kafe yaqinidagi avtoturargohda xotinini bosib ketgan erkak oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u xotinini yaxshi ko'rgan, lekin ayol undan ajrashishni istagan.

Ularning egizak oʻgʻillari ayni paytda ota-onasi bilan Oʻzbekistonda. Erkak ham qilgan ishidan juda pushaymon ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Minsk shossesidagi kafe yaqinida erkak mashinasi bilan xotinini bosib o‘tgan edi. Jabrlanuvchi mashina urib ketganidan so‘ng og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq ayol kasalxonada vafot etgan. Mojayskda yashovchi gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi. Keyinroq internetda hujumchi jabrdiydasini bosgan lahzani aks ettiruvchi video chop etildi.

Jabrlanuvchining dugonasi erkak ayolini doimo kaltaklaganini aytgan. Uning so'zlariga ko'ra, ayol erini ko'p marta tashlab ketmoqchi bo'lgan, ammo u qo'yib yubormagan.

Migrantlar o‘zga yurtga ayolini ham olib ketishi kerakmi? Ayrim muhojirlar o‘z yurtida tinch yashagan oilalar ham muhojirlikda turli sabablar bilan ajrashib ketayotgani, ba’zan yuqoridagidek mash’um voqealar ham yuz berayotganini yozishadi.

Fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K views06:24
Ochish/sharhlash
2024-05-28 21:02:29
#reyd #migrant #Rossiya
Kotelnikida masjidda yana reyddan so‘ng migrantlar “voyenkomat”ga olib ketildi

Barcha erkaklar, yoshidan qat’i nazar, binodan tashqariga chiqarildi. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar 5 ta avtobusda Oktyabr prospektidagi “voyenkomat”ga olib ketilgan.

“Ular Rossiya pasportiga ega bo‘lgan va harbiy ro‘yxatga olinmagan barcha muhojirlarni, Moskvadan chaqiriluvchilarni va boshqa viloyatlardan kelganlarni olib ketishdi. Harbiy yoshdagi erkaklar uchun shaxsiy ish ochildi, ular bir soat ichida “tibbiy ko‘rik”dan o‘tkazilib, yig‘ish punktiga yuborildi. Hatto boshqa shaharning harbiy komissiyasida ro‘yxatdan o‘tganlar ham olib ketildi”, - deyishdi guvohlar.

Harbiy tergov boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tadbirlar davomida 278 nafar shaxs, shu jumladan, Rossiya fuqaroligini qabul qilib, harbiy ro‘yxatga olish va muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan bo‘yin tovlayotgan 48 nafar chet el fuqarolari tekshirilgan. Bunday shaxslar harbiy komissarlikka olib ketilib, ularning 25 nafari harbiy ro‘yxatga olingan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.9K views18:02
Ochish/sharhlash
2024-05-28 20:03:26
Мусофирда юрган яқинингизга пул юбормоқчимисиз?

Узкард - Ҳумо карталаридан Россиянинг исталган карталарига “Unired” орқали бир зумда пул юборишингиз мумкин.

Ҳозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
юклаб олиш

Видеони Ўзбекистондаги танишингизга юбориб қўйинг

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
13.6K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2024-05-28 19:03:34
#AES #Rossiya #Oʻzbekiston
Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi asosida 330 MW quvvatga ega Atom elektro stansiyasi quriladi

Bu haqda Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida hamkorlikka oid bayonnoma imzolangan.

Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi bo‘ladi va mahalliy kompaniyalar jalb etiladi.

“O‘zatom” agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” injiniring kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.5K views16:03
Ochish/sharhlash
2024-05-26 20:26:06
Abbos Fayzullayev Rossiyada "Mavsum kashfiyoti"

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoa va Moskvaning "SSKA" klubi a’zosi Rossiya premyer ligasining "Mavsum kashfiyoti" nominatsiyasi g‘olibi, deb e’lon qilindi.

20 yoshli futbolchimiz 1-mavsumning o‘zidayoq ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozondi.

“Hammaga xayrli kech. Menga ovoz bergan barchaga rahmat, bunday mukofotni olganimdan juda xursandman, meni qo‘llab-quvvatlagan jamoadoshlarim, murabbiylar va klub rahbariyatiga, shuningdek, barcha "SSKA" muxlislari, ota-onam va yaqin do‘stlarimga rahmat aytmoqchiman. Katta rahmat!"

Fayzullayev joriy mavsum RPLda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.

Shuningdek, u Olimpiya terma jamoasi tarkibida ilk bor Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K views17:26
Ochish/sharhlash
2024-05-26 19:16:45 #dayjest #migrantnews
Putin O‘zbekistonda, Moskvada reydlar, o‘zbeklar yonib ketdi - DAYJEST- 26.05.2024

To'liq video:

9.7K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-05-26 17:39:04
#viza #AQSH
O'zbekistonliklardan qanchasi AQSH vizasini oldi?

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
10.3K views14:39
Ochish/sharhlash
2024-05-26 17:38:33
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 26.05.2024
Toshkent 19:20
Moskva 17:20


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 91,76 (0) rubl
• AkaPay - 92,09 (-0,17) rubl
• Золотая Kорона - 93,07 (0) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 138,50 (+0,4) so'm
• Unired Mobile - 138,10 (0) so'm Onlayn
• Kwikpay - 137,83 (0) so'm
• Sberbank - 135,22 (0) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 143,00 (0) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.9K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2024-05-26 15:35:00
#reyd #migrant #Rossiya
Politsiya Surgut masjidida reyd o‘tkazdi

Xanti-Mansi avtonom okrugi Ichki ishlar vazirligi: Surgut masjidiga qilingan reyddan keyin 140 nafar xorijlik politsiyaga olib ketildi

Politsiya xodimlari, FSBning Tyumen viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Rossiya Milliy gvardiyasi Surgut masjidida reyd o‘tkazdi, deb xabar beradi IIVning Xanti-Mansi avtonom okrugi matbuot xizmati telegram-kanalida.

Tekshiruv natijasida xavfsizlik kuchlari tomonidan migratsiya qonunchiligining 17 ta buzilishi aniqlangan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir nafar xorijlik Rossiyada noqonuniy bo‘lib, mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiyaning turli mintaqalarida noqonuniy muhojirlarni qidirish bo'yicha reydlar tashkil qilmoqda. Xususan, eng yirik bozorlar, marketpleys omborlarda politsiya tekshiruvlari haqida muntazam xabar beriladi.

16-may kuni xavfsizlik kuchlari Yaroslavskoye shossesidagi Ozon omboriga keldi. Politsiya reyd davomida majmua xodimlari orasidan 115 nafar immigratsiya qonunchiligini buzganlarni aniqlagan. Ularning har biriga 5 ming rubl miqdorida jarima solingan. keyin mamlakatdan tashqariga deportatsiya qilingan.

Aprel oyining oxirida harbiy tergovchilar Sankt-Peterburgdagi omborlar va qurilish maydonchalarida reydlar o‘tkazishdi. Mehnat muhojirlarining hujjatlari tekshirildi, Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy ro‘yxatdan o‘tmaganlar chaqiruv qog‘ozi oldi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
10.2K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash