Get Mystery Box with random crypto!

#isiriq #Rossiya Rossiyaga isiriq olib kelayotganlar javobga | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#isiriq #Rossiya
Rossiyaga isiriq olib kelayotganlar javobgarlikka tortilmoqda

Rossiya Xavfsizlik xizmatining Chegara boshqarmasi isiriq olib kelayotgan yo‘lovchi va haydovchilarni jinoiy javobgarlikka tortmoqda.

17-aprel kuni Rossiyaga kirishda 51 yoshli markaziy osiyolik ayolning yuklari orasidan 120 gramm isiriq topilgan. Ayolga Rossiya JKsining 229.1 moddasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoki analoglari, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklar kontrabandasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bu haqida Rossiya xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Yana bir xabarda, 24-aprel kuni katta yuk mashinasi tekshirilib, 50 gram isiriq topilgani haqida ma’lumot berilgan. 37 yoshli markaziy osiyolik bo‘lgan yuk mashinasining haydovchisi isiriq unga tegishli ekanini bildirgan. Shundan so‘ng haydovchiga RF JKning 229.1 moddasining uchinchi qismi bilan jinoiy ish ochilgan (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoki analoglari, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklar kontrabandasi) va 12-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.


Bularni inobatga olib, muhojirlarga Rossiyada isiriq tarkibida giyohvand moddasi bor o‘simlik deb topilganini va qonunan taqiqlanganini eslatib o‘tamiz. Rossiya hududiga isiriq olib kelish, ishlatish, sotish, xarid qilish va tarqatish mumkin emas. Bu uchun 12 yilgacha jinoiy javobgarlik mavjud.

Obuna bo'ling
@migrantuz