Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.98K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-05-24 20:32:04
#viza #AQSH
Iyundan AQSh vizasini berishning yangi tartibiga o‘tiladi

Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bosh konsuli Robert Romanovski Migrant.uz saytiga bergan maxsus intervyuda ma’lum qildi.

"10-iyundan boshlab, biz yangi tizimga o‘tamiz va bu ko‘plab arizachilarimiz uchun vizaga murojaat qilishni osonlashtiradi. Ya’ni siz akaunt yaratishingiz kerak. So‘ng onlayn viza arizasini topshirasiz va viza to‘lovini amalga oshirasiz. Pulni onlayn ravishda AQSh dollarida yoki O‘zbekistondagi "Tenge Bank"da so‘mda to‘lashingiz mumkin. To‘lovdan so‘ng, onlayn uchrashuvni belgilaysiz va uchrashuv kunida elchixonaga kelib, viza intervyu o‘tkazasiz.

Agar viza berilsa, uni elchixonadan emas, Toshkentdagi maxsus markazdan olib ketishingiz mumkin. Yoki aytaylik, siz Samarqand yoki Namanganda yashasangiz, qo‘shimcha to‘lov evaziga uy yoki ofisingizga yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Yangi tizimda hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lmaydi, agar maxsus yetkazib berish xohlamasangiz. Bu ko‘plab arizachilarimiz uchun qulay bo‘ladi, chunki elchixonaga qaytib borishga hojat qolmaydi va shuningdek, ko‘proq uchrashuvlarni taklif qilish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kutish vaqti 2-3 hafta bo‘lsa, bu tizim bilan biz ko‘proq uchrashuvlar taklif qila olamiz va kutish vaqtini kamaytirish imkoniga ega bo‘lamiz.

Shuningdek, arizachilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham ko‘proq bo‘ladi va sifat ham yaxshilanadi...", deydi bosh konsul Robert Romanovski.

Suhbatning to‘liq videosi: https



Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.0K views17:32
Ochish/sharhlash
2024-05-24 16:57:40
#xayriya
Qibrayda yashovchi Maʼpura opaning jarrohlik amaliyotidan qolgan qarzlar toʻliq toʻlandi va bemorimiz uyga qaytdi.

Protez almashtirish davomida suyak sindirib olinib, keyingisi ham shu tarzda qoʻyilar ekan.

Ayni paytda Maʼpura opaning salomatligi tiklanishi uchun yaxshi muolaja qilinishi zarur.

Dorilar esa qimmat boʻlib, oilaning qoʻli kaltalik qilmoqda.

Saxovatli yurtdoshlarimizdan shu masalada koʻmak berishlarini soʻraymiz.

Plastik kartalar:
UzCard SQB: 8600030409795352 Ro‘zihojiyeva Maʼpura.
UzCard SQB: 5614681628662979 Ro‘zihojiyeva Feruza (qizi).

Telefon: +998955950605.
13.0K views13:57
Ochish/sharhlash
2024-05-24 16:34:34
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 24.05.2024
Toshkent 18:20
Moskva 16:20


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 91,91 (-0,61) rubl
• AkaPay - 92,26 (-0,3) rubl
• Золотая Kорона - 93,16 (-0,48) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 138,10 (+0,1) so'm
• Unired Mobile - 138,10 (+0,8) so'm Onlayn
• Kwikpay - 137,83 (+1,1) so'm
• Sberbank - 135,22 (-0,22) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 143,00 (+0,8) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.8K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2024-05-22 20:10:04
#qamoqxona #migrant #Rossiya
Rossiya: 4 nafar o'zbek bolani nega migrantlar qamoqxonasida saqlashmoqda?

O'zbekistonlik 4 nafar voyaga yetmagan bolalar va ularning onasi 2 oydirki, Yekaterinburgdagi migrantlar qamoqxonasida saqlanmoqda.

"Ustimizdan temir eshik qulflangan, qorovullanadi. Xona zax, bolalar kasal bo'layapti. Ovqatlari atala, bemaza, yeb bo'lmaydi. Ahvolimiz og'ir. Tezroq ketishimizga yordam beringlar"- deydi andijonlik Malikaxon Temirova.

“Migrant.uz” ushbu vaziyatni o'rganmoqda...

To'liq video:



Obuna bo‘ling
@migrantuz
6.4K viewsedited  17:10
Ochish/sharhlash
2024-05-22 18:30:46
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni vaqtlarda Rossiyada bo‘lib turibdi. Ish safari bilan Irkutskka kelgan hokim shahar ko‘chalarida o‘zbekistonlik yolg‘iz ona bilan uchrashib qolgan.

Ayolning Rossiyaga kelib ishlashiga majbur qilgan holatlar bilan tanishgan hokim unga yordam berishga qaror qilgan.

"Seni va bolalaringni bu yerdan Andijonga olib ketamiz, qarzlaringga ham yordam qilamiz", deydi Andijon viloyati hokimi ayolga.

Andijon viloyati hokimining Rossiya bo‘ylab safari davom etmoqda. Shuning uchun muhojirlardan yana boshqalari ham hokimni uchratib qolish ehtimoli katta.

Fikringizni izohlarda kutamiz.

Obuna bo’ling
@migrantuz
8.5K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2024-05-22 17:02:48
#statistika #millatchilik #Rossiya
Rossiyadagi millatchilik statistikasi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:29:57
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 22.05.2024
Toshkent 18:20
Moskva 16:20


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 92,52 (-0,61) rubl
• AkaPay - 92,95 (-0,27) rubl
• Золотая Kорона - 93,74 (-0,67) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 137,50 (+0,5) so'm
• Unired Mobile - 137,50 (+1) so'm Onlayn
• Kwikpay - 136,48 (+0,93) so'm
• Sberbank - 134,92 (+0,98) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 142,50 (+1,1) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.2K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-05-22 16:01:46
#virus #Rossiya
Rossiyada Koronavirusning Omikron oilasiga tegishli FliRT nomli yangi variantining 178 ta holati aniqlandi

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:03:12
#safarbarlik #Rossiya #Ukraina
Rasmiylar xalqni to‘liq safarbarlikka tayyorlamoqda

Davlat Dumasi Rossiyaning Ukrainaga urush e’lon qilish ehtimolini muhokama qilmoqda. Safarbarlik amalga oshirilsa, barcha turdagi harbiydan ozod bo‘lish qoidalari bekor qilinadi.

“Urush holatida safarbarlik - bu safarbarlik. Bu yerda ozod qilishlar bo‘lishi mumkin emas. Aks holda, biz safarbarlik resursimizni sezilarli darajada qisqartiramiz va jang qiladigan hech kim qolmaydi”, – degan Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Viktor Sobolev.

Uning aniqlik kiritishicha, urushga hamma, hatto Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ko‘p bolali yangi fuqarolar ham boradi.

Shu sababli, Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi uch yoki undan ko‘p bolali otalar uchun harbiydan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etishni tavsiya qilmoqda.

Sobolevning so‘zlariga ko‘ra, urush e’lon qilingan taqdirda, undan faqat harbiy-sanoat majmuasi ishchilari, shuningdek, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchilar ozod etilishi mumkin.

Batafsil havola

Obuna bo‘ling
@migrantuz
8.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-05-22 14:02:26
#virus #Rossiya
Rossiyada koronavirusning yangi turi aniqlandi

Rossiyada yangi FLIRT koronavirus variantining 178 ta holati aniqlandi. Ushbu variant dominant JN.1 shtammining uzoq qarindoshi bo‘lib, Omikron 12 oilasiga tegishli.

Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, buning xavfi koronavirusning boshqa turlaridan kattaroq bo‘lmaydi.

Kasallikning belgilari: isitma, yo‘tal, burun bitishi yoki burun oqishi, tomoq og‘rig‘i, ta’m yoki hidning yo‘qolishi bo‘lishi mumkin.

FLIRT hozirda Yevropaning 14 mamlakatida topilgan va Qo‘shma Shtatlarda ham ko‘p tarqalgan shtamm hisoblanadi.

Ehtiyot choralarini ko‘rish lozim, ammo vahimaga tushishning hojati yo‘q.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
9.3K views11:02
Ochish/sharhlash