Get Mystery Box with random crypto!

#muhojirlar #Rossiya #Oʻzbekiston Tyumenda mushkul ahvolda | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#muhojirlar #Rossiya #Oʻzbekiston
Tyumenda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik migrantlar shaxsiy buyumlarini sotishmoqda

Qo‘shni davlatlardan kelgan muhojirlar Tyumen ko‘chalarida o‘z shaxsiy buyumlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Buning uchun tartibsiz bozorlar paydo bo‘lgan.

Tyumenliklardan biri shunday deydi: “Biz shunday bozorni Tyumenning Salair traktida ko‘rdik. U yerda bir nechta erkak turli xil kiyim-kechak va mayda narsalarni sotar edi. Men sotuvchilardan birining qayerdan kelganini, molni qayerdan olganini so‘radim. U Tyumenga O‘zbekistondan kelganliklari va narsalar o‘ziniki ekanligini aytdi. Ular ijara va oziq-ovqat uchun pul kerak bo‘lgani uchun shaxsiy buyumlarini sotyapti”.

Yana bir fuqaro Tyumendagi Chervishevskiy traktida xuddi shunday bozorni ko‘rganini aytgan. “Chervishevskiy traktining chiqish yo‘llaridan birida bir necha erkak eski kurtkalar, jinsi shimlar, poyabzal va uyali telefonlar sotayotgan edi. Gaplariga qaraganda, erkaklar yangi kelganlardan ekan”, degan u o‘z xabarida.

Obuna bo‘ling
@migrantuz