Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 82

2022-07-06 16:04:31
#munosabat
#bir_xalq
#bir_millat

Biz bir tanu bir jonmiz!
Batafsil

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.b B.N.Boborajabov

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
2.1K viewsНАРГИЗА, 13:04
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:50:17
Yoshlarga e’tibor kelajakka e’tibor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularga ishonchi balandligini bildirdi. Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli sa’y-harakatlar natijasida, yoshlarning jamiyatdagi va xalqaro o‘rni yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilmoqda. Xususan, 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berilishi, xususiy ta’lim muassasalarida IT sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlarga 20 million so‘m miqdorgacha 4 yillik imtiyozli kredit ajratilishi yoshlarning jamiyatdagi faolligini va ijtimoiy rolini oshirishga xizmat qiladi.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.5K viewsНАРГИЗА, 11:50
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:30:46 #Munosabat

Tinch elga bayramlar, shodiyonalar, to‘ylar yarashadi

O‘zbekistondagi tinchlikni ko‘ra olmagan g‘arazgo‘ylar, hasadchilar, inson nomiga nomunosib bo‘lganlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirgan tartibsizliklarni eshitib, voqealarni ijtimoiy tarmoq sahifalaridan kuzata turib yuragim larzaga keldi.

FarPI birinchi prorektori Mirzohid Botirov

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.7K viewsНАРГИЗА, 11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:04:43
#Biz_bir_oilamiz

Yangi Oʻzbekiston va Yangi Qoraqalpogʻistonni albatta birgalikda quramiz!

Batafsil o‘qish

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
2.6K viewsНАРГИЗА, 09:04
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:09:18
#QORAQALPOQ_QARDOSHIM

Oliygohda o‘qib yurgan kezlarimda onam bir gapni ko‘p takrorlardilar. Respublikamizning eng nufuzli oliygohida o‘qiyapsan. U yerda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelib o‘qiyotgan kursdoshlaring orasida qoraqalpoq qizi bor bo‘lsa jon, deb kelin qilardim.
Onamning gaplari menga erish tuyulardi. Garchi kursdoshlarim orasida qoraqalpog‘istonlik qiz bo‘lmasa ham ushbu millat ahliga hurmatim va ehtiromim baland bo‘ldi. Keyinchalik ham xizmat taqazosi bilan bir necha bor Qoraqalpog‘istonda bo‘ldim. Oq ko‘ngil va bag‘rikeng qoraqalpag‘istonliklardan tanish bilishlarim, do‘stlarim ortdi. Bora bora bu daryodil xalqning tarixiga qiziqib qoldim.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
2.1K viewsНАРГИЗА, 13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:58:16
BIR VATANNING BIR MAQSADLI FARZANDLARIMIZ!

Xalqimiz duoga qo‘l ochsalar, eng avvalo, Yaratgandan el-yurtga tinchlik so‘raydi. Bu bejiz emas. Chunki tinchlik bor joyda xotirjamlik, fayz-baraka, obodlik bo‘ladi. Tinchliksiz insonga na yegan-ichgani, na boyligi tatiydi.
Shuni ham ta’kidlash joiz, xalqimiz qanday kunlarni boshdan o‘tkazmasin, doim ahillik va murosa yo‘lini tanlab kelgan. Bu xalq o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, rus, tatar va boshqa millat vakillaridan iboratki, ularning har biri - Vatanning aziz farzandlari, qadri ulug‘ fuqarolari. Ular orasida qoraqalpoqlar ko‘pki, o‘zbek va qoraqalpoq elining do‘stligi shu paytgacha o‘nlab asarlarda, adabiyotlarda o‘z e’tirofini topgan.
Qoraqalpoq xalqi - bizga jon qadar yaqin. Bu xalqning mardligi, mehnatkashligi, soddadilligi, mehmondo‘stligi, birodarparvarligi hamisha hayratimizga sabab bo‘lgan.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.8K viewsНАРГИЗА, 12:58
Ochish/sharhlash
2022-07-05 13:33:21
INSON UMRI DAXLSIZ
Bu Konstitutsiyaviy Qonunda o‘z aksini topmoqda

Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi - bu haq-huquq, burch va majburiyatlarimiz qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan holda to‘laqonli o‘z ifodasini topgan muhim hujjatdir. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi esa zarur takliflar o‘rganilishi, barcha tarmoqlar rivoji uchun asos bo‘ladigan tashabbuslar ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan jarayondir.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
1.8K viewsНАРГИЗА, 10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-05 12:14:26
#Dayjest
#Sport

2022-yilning 1-3-iyul kunlari sportning Karate turi bo‘yicha Qirg‘iziston davlatning Issiq-ko‘l shahrida bolalar, qizlar, erkaklar va ayollar ortasida “1st Asian Karate championships” musobaqasida NamMTI Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Baxtiyorov Shoxjaxon faxrli 1-o‘rinni egallab Osiyo chempioni bo‘ldi!

1-3-iyul kunlari Issiq-koʻl shahrida sportning Shotokan Karate-Do turi boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida BuxDPI Jismoniy madaniyat ta‘lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Namozov Shuhratjon 2-o'rin Kumush medalni, Hayotov Mirjahon 3-o‘rin Bronza medalini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, sportning Shotokan Karate-Do turi boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida NamDU Matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Qodirov Farrux faxrli 1-o'rin oltin medalni qo'lga kiritishdi.

Talabalarni ushbu g'alabalar bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda ham omad hamda zafarlar tilab qolamiz!

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
4.3K viewsНАРГИЗА, 09:14
Ochish/sharhlash