Get Mystery Box with random crypto!

#haftalik_dayjest Navoiy davlat pedagogika instituti talabal | Manaviyat.edu.uz

#haftalik_dayjest

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini o‘tkazildi.

Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan “Inson qadri: tarixiylik va zamonaviylikning ilmiy-nazariy talqinlari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani tashkil etildi.

Urganch davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabalari uchun “Yuza nivelirlash va tuproq ishlari hajmini hisoblash” bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tomonidan Samarqand shahridagi Mirzo Ulug’bek xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida “Bilimlar estafetasi” tanlovi tashkil qilindi.

12-iyun kuni Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan yozgi ta’tilni manfaatli o‘tkazish maqsadida talabalar uchun “Jadidlar izidan” nomli yangi loyiha taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube