Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65.78K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-17 19:08:50
#kitobxon_yoshlar_ligasi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” 3-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi.

Taqdirlash marosimini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, mazkur tanlov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishini va 125 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov tashlikotchisi, markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblariga smartfon va sertifikatlarni topshirdi.

Tanlovning final bosqichida faol ishtirok etib, 4-5-o‘rinni egallagan tanlov sovrindorlariga vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratov va markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev topshirdi.

Kitobxonlik tanlovi 3-mavsumida davomida eng kuchli deya e’tirof etilgan 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salohiddin Sanaqulov va markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov taqdirlab, ularga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlarini topshirdi.

Taqdirlash marosimi davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ustoz san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkil etilgan tantanali taqdirlash marosimi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Tanlov g‘oliblari ro‘yxati

Tanlovda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha talaba-yoshlarni ushbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan samimiy muborakbod etib, kitob doimo eng yaqin do‘stingiz bo‘lishini tilab qolamiz.

Videoni YouTube orqali ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
5.6K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2024-05-17 12:49:00
Agar begona shaxs jamoat transportida sizga tegajog'lik qilsa nima qilish kerak?

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.4K views09:49
Ochish/sharhlash
2024-05-17 06:31:04


“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Maʼnaviy barkamol yoshlar Yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.0K views03:31
Ochish/sharhlash
2024-05-17 06:08:03 Bugun 17-may haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
 BMT – Xalqaro elektraloqa va informatsion jamiyat kuni.
Internetning tug’ilgan kuni (World Wide Web standarti tasdiqlangan kun).
 Germaniya – Otalar kuni.
Indoneziya – Kitoblar kuni.
 Latviya –  O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni.
 Norvegiya – Bolalar kuni.

#voqealar
Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi (1928).
O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g’risida”gi Qonuni  e’lon qilindi (1996).
Toshkent–Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi (1999).
Dunyodagi eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan "Minecraft" kompyuter oʻyinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi (2009).

#tavalludlar
1749-yil: Eduard Jyenner (1823) – Ingliz xirurgi, chechak kasalligiga qarshi vaksinani yaratgan.
1830-yil: Vladimir Mejov (1894) – taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi.
1866-yil: Nikolay Baxtin (1940) – rus shoiri, tarjimon, adabiyotshunos, pedagog.
1900-yil: Nikolay Karaxan (1970) – O‘zbekiston xalq rassomi.
1947-yil: Halima Xudoyberdiyeva – shoira, publisist, jurnalist va tarjimon, O‘zbekiston Xalq shoiri (1992).
1973-yil: Uchqun Tillayev – aktyor, O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.3K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2024-05-16 16:11:04
#konsert_dasturi

Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutlari tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi o‘tkazildi.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova ijrosidagi she’riy chiqish hamda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning mashhur taronalar yodga olindi. Konsert dasturi talabalarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yurtimizdagi atoqli san’atkorlar ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.6K views13:11
Ochish/sharhlash
2024-05-16 14:29:41
#konferensiya

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Maʼnaviy barkamol yoshlar Yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda TIQXMMI MTU rektori Baxodir Mirzayev, O‘zJOKU rektori Sherzodxo‘ja Qudratxo‘ja, “Maʼrifat” targ‘ibotchilari jamiyati aʼzosi Jamila Toshpo‘latova, Davlat boshqaruv akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodov hamda Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratovlar ishtirok etishdi.

Konferensiyaga yurtimiz va qo’shni mamlakatlar olimlari, yurtimizning turli nuqtalaridan 100 dan ortiq sohaning professor-o’qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar tashrif buyurdilar. Konferensiyada xorijiy mamalakatlardan 50 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 400 dan ortiq maqolalar kelib tushdi va ularning 320 tasi qabul qilindi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga 50 ga yaqin mamlakatlardagi taniqli olimlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan fikr almashildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan yoshlarini barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash, kreativ fikrlaydigan va intellektual hamda jamiyatga foydali kasbni o‘rgatish hamda axborot asrida qanday samarali yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bahs-munozaralar yuritilib, olimlar tomonidan fikr-mulohazalar bayon etildi.

Konferensiya ishtirokchilari yalpi majlisdan keyin seksiyalarga bo‘linib, turli yo‘nalishlarda faoliyatini davom ettirishdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
5.9K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:04:36
13.2K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2024-04-27 20:54:08
16.6K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2024-04-26 07:24:28 #kun_tarixi
Bugun 26-aprel haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

BMT - Butunjahon intellektual mulk kuni.
Xalqaro Chernobil fojeasini xotirlash kuni.
Tashxis qo‘yilmagan bolalar kuni.
Xalqaro uchuvchilar kuni.
Xalqaro kotibalar kuni.

Moskva davlat universiteti tashkil topdi (1755).
Rus animatorlari ilk bor qo‘g‘irchoq film yaratishdi (1912).
London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi (1921).
Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi (1966).
Insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi (1986).
Amir Temur” ordeni ta'sis etildi (1996).
O'zbekistan Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni ta'sis etildi (1966).
Chernobil” kompyuter virusi dunyo bo‘yicha taxminan yarim million kompyuterni zararladi (1999).

Ingiliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri Defo Daniel tavallud topgan kun (1660).
O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi Lutfixonim Sarimsoqova tavallud topgan kun (1896).
Jarroh va gerontolog olim, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Rahim Nurmuhamedov tavallud topgan kun (1925).
O‘zbekistan xalq artisti Botir Zokirov tavallud topgan kun (1936).
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tavallud topgan kun (1938).
O‘zbekiston xalq shoiri jamoat arbobi Muhammad Yusuf  tavallud topgan kun (1954).
Xonanda, O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov tavallud topgan kun (1974).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.1K views04:24
Ochish/sharhlash
2024-04-25 16:50:30 #milliy_qadriyatlar_sayli

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi 3-kunidan fotolavhalar

Fotolavhalarni ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.8K views13:50
Ochish/sharhlash