Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 80

2022-08-29 07:18:05
Rasman: Test natijasidan norozi bo'lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.9K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:01:18
#kun_hikmati

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.

I.Gyote

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
2.0K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:36:54
#diqqat #rasman
Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, aholining toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt miqdorlari barcha OTMlar, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda (yuqoridagi rasmda koʻrsatilgan) saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023-oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari (super kontrakt) oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

Batafsil maʼlumotlar asmiy sahifalarimizda (obuna boʻling):
Telegram | YouTube
4.1K viewsedited  18:36
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:14:31 ​​#Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:
Ushbu saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:
Saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.3K viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:52:52
Diqqat tanlov!

Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, Mustaqillik bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyatining onlayn tanlovi boshlandi.

Quydagi havolaga kirib testga javob berishingiz mumkin.

https://forms.gle/Jn9YCQBE2EYWsxyf9

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.6K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:31:32 #Mustaqillikning_31_yilligi
#NamDU
#ToshDO'TAU

Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

She'r muallifi: Muhammad Yusuf
Ovoz sohibasi: Marjona Eshonqulova
Ovoz operatori: Asadbek Asqaraliyev

Namangan davlat universiteti hamda Toshkent O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalaridan maxsus tayyorlandi!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:00:54
#Mustaqillikning_31_yilligi

FarPI birinchi prorektori M.Botirovdan
bayramga eksklyuziv sovg'a

Vatan-sen Hudoning buyuk neʼmati,
Koʻksimdagi qizil anorsan!
Seni yaxshi koʻraman, axir,
Sen onamdan qolgan yodgorsan!

Mirzohid Botirov

Video montaj ustasi:
Jumanazar Ergashboyev

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.3K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:01:12
#kun_hikmati

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.

Yusuf Xos Hojib

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
2.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:08:33
Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

YouTubeda HD formatda koʻrish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
11.2K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:02:00
#huquqiy_axborot

Prezidentning maxsus farmoniga ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

-ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so'm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so'mdan) oshmasligi lozim;

-ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

-OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.1K views13:02
Ochish/sharhlash