Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 74

2022-09-28 08:12:03
Ayni damda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazida Oliy ta’lim muassasalari pedagog-xodimlari va talabalari o‘rtasidagi o‘tkazilayotgan "Islohotlar bilimdoni" respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy final boshlanish arafasida.

Jarayonlar bilan @manaviyateduuz sahifasi orqali tezkor tanishib borishingiz mumkin

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.6K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2022-09-27 15:56:44
"Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnali tomonidan 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan o'tkazilgan tanlov natijalari bilan tanishing.

Mirzaxmedov Ulugʻbek Uyirbekovich - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;

Tursunova Shaxnozaxon Nabijon qizi - Farg'ona davlat universiteti;

Bekturdiyev Muzaffar Hamrobek o'g'li
- Toshkent axborot texnologiyalalri universiteti Urganch filiali talabalari g'olib bo'lib, ilmiy maqolalari "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" jurnalda chop etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.4K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-09-27 14:34:20
#dayjest

UrDU Pedagogika fakulteti
ning 202-Vokal ijrochiligi yo‘nalishi talabasi Og‘abek Rayimberganov "Iste’dodlar kamalagi" imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar o‘rtasidagi respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

TDPU Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan "Adiblar xiyoboni"da navbatdagi ma'naviy-ma'rifir tadbir o'tkazildi.

AndQXAIda “Yangi avlod kadrlari jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

NamDUga biriktirilgan mahalla yoshlar yetakchilari talabalar turar joyida mehmon boʻlishdi.

“Universiada-2022” musobaqalari doirasida qizlar terma jamoasi munosib ishtirok etmoqda.

QarMIIda “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Hayvonot olamiga mehr-shavqatli bo‘laylik” tanlovida gʻolib boʻlgan asarlar.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.0K views11:34
Ochish/sharhlash
2022-09-27 11:02:31
#Bayram_tuhfasi_Ilm_fanga_baxshida_umr

ILM DUNYOSINING 52-BAHORI

Isaxanov Xamidullo Isaxanovich - 1970-yildan buyon Namangan muhandislik-texnologiya institutida
faoliyat yuritmoqda.

Talabalarning sevimli ustozi, mehribon va pozitiv inson, qadrli ustoz Xamidullo Isaxanovich bu gal bizning mehmonimiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
461 views08:02
Ochish/sharhlash
2022-09-26 18:00:02
#tanlov

Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati tomonidan onlayn tanlovi boshlandi.

havolaga kiring

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.4K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-09-26 16:03:42 Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlarida o‘quv yili boshlandi

Sentabr oyida Samarqandda yirik xalqaro tadbir – Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yilining boshlanishi biroz ortga surilgan edi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.0K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-09-26 15:44:02
#Bilasizmi

- Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga ta’lim krediti beriladi.

- "Yoshlar daftari"ga kiritilganlarning nogiron oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.

- Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

- Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

- Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

- «Moziyga sayohat» dasturi doirasida "Yoshlar daftari"ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.8K views12:44
Ochish/sharhlash
2022-09-26 14:04:01 “Adiblar xiyoboni” yana bir karra maʼnaviy davralarga toʻliq boʻldi

El-yurt xotirasida yashayotgan ulkan maʼnaviy merosga ega barhayot siymolarimiz ijodi va hayot yoʻliga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning davom etmoqda. “Adiblar xiyoboni”dagi navbatdagi ana shunday tadbirlarda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ishtirok etishdi.

Batafsil ma'lumot
1.2K views11:04
Ochish/sharhlash
2022-09-26 07:30:19
Diqqat e'lon! Ibratli yoshlar qidirilmoqda!

Hurmatli talabalar, Siz ta’lim olayotgan oliygohda (kursdoshlaringiz orasida) o'qishdan tashqari vaqtlarida ishlab, oilasi va ota-onasiga ko'maklashayotgan, o'z kontraktini o'zi to'lab, hozirdan kelajagi uchun zamin yaratayotgan ibratga loyiq talabalar bormi? Unda quyidagi so'rovnomani to'ldirib, ular haqida bizga ma'lum qilishingizni so'raymiz (o'zingiz shundan talabalar safida bo'lsangiz, o'z nomzodingizni ham berishingiz mumkin).

Yaqin kunlarda yuqorida ta'kidlagan xislatlarga ega, boshqalarga namuna bo'la oladigan yoshlar haqida ko'rsatuv tayyorlanadi. Siz bergan nomzodlar aynan shu ko'rsatuv qahramonlariga aylanishi mumkin.

So'rovnomani to'ldirish: https://forms.gle/L7rjkYfNorup2smB9
12.0K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-24 08:01:53
#kun_hikmati

Odamiylik alomati to‘rt sifatdir: yaxshi so‘z, yaxshi ish, yaxshi xulq va ma’rifat.

Shayx Aziziddin Nasafiy

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
610 views05:01
Ochish/sharhlash