Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 78

2022-09-01 05:42:01
#Mustaqillik

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklaymiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.3K views02:42
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:01:02 Premyera boshlandi!

Tomosha qilish:

706 views16:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:12:45
#talabalar_teatr_studiyalari_2022
Buxorolik talabalar ijrosidagi "Chor darvesh" spektaklini tomosha qiling!

"Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi – 2022"
an'anaviy ko'rik-tanlovi 2022-yilgi mavsumida faol qatnashib, Respublika bosqichida munosib ishtirok etgan Buxoro davlat universitetining "Buxoriy" jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan eng dolzarb mavzularni talqin qilgan, ichki kontrast hamda juda ta'sirli sahnalarga boy "Chor darvesh" spektaklini e'tiboringizga havola qilamiz!

Spektakl premyerasi bugun 21:00 da YouTube kanalimizda bo'lib o'tadi.

Videoga like bosib, o'z fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang! Bu videoni yanada ko'proq insonlar ko'rishiga sababchi bo'ladi. Premyerani o'tkazib yubormaslik uchun YouTubega kirib, qo'ng'iroqchani bosib qo'ying.

Premyerani ko'rish:

1.2K viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:02:30 SSV: Mustaqillik bayrami va qo‘shimcha dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-4-sentabr sanalarida ketma-ket dam olish kunlari belgilangan.

Ana shu davrda xalqimiz salomatligini ta’minlash, xususan, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida shtab tashkil etildi.

1-4 sentabr kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

1028 ta oilaviy poliklinika,

956 ta oilaviy shifokor punkti,

tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,

ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,

tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Shuningdek:

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 182 ta aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yartilgan.

Mamlakatimiz bo‘ylab 2724 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olishingiz mumkin.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Mustaqillik bayrami va dam olish kunlarida uzluksiz mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
933 views13:02
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:31:27
JIDU talabasi IIV kitobxonlik loyihasi targ'ibotida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Shoxrux Qo'chqarovning Ichki Ishlar Vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda soha xodimlari o'rtasida "Zukko kitobxon" loyihasini tashkil etish va targ'ib etishda faollik ko'rsatdi. Shoxrux Qo'chqarov nafaqat kitobxonlik, shu bilan birga Prezidentimiz islohotlari targ'ibotchisi sifatida ham ko'plab loyihalar amalga oshirmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
217 views12:31
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:40:34
#2022_2023_oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

JARAYON | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING TALABALAR TURAR JOYI 2022/2023 O'QUV YILIGA TAYYOR

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
660 views10:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:34:55 #natija
So'rovnomaning yakuning natijalariga ko'ra, bugun 21:00da Buxoro davlat universiteti "Buxoriy" jamoasining "Chor Darvesh" spektakli YouTube sahifamiz orqali premyera qilinadi.

"Talabalar teatr studiyasi – 2022" final bosqichidagi boshqa spektakllarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

NamDU "Nihol" jamoasi "Usmon Nosir" spektakli

FarPI "Qirguli" jamoasi "Nadomat" spektakli

CHDPU "Mehr" jamoasi "Usmon Nosir" spektakli

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
871 viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:18:20
Diqqat so'rovnoma!

Bugun 14:00 gacha so'rovnomada eng ko'p ovoz yig'gan jamoaning "Talabalar teatr studiyasi – 2022" final bosqichidagi spektakli 31-avgust kuni 21:00 da YouTube kanalimizda namoyish etiladi. YouTube sahifamizga a'zo bo'lishni unutmang!
Final Results
4%
FJSTI "Nastarin" jamoasi "Kunda" spektakli
9%
ADU "Humo" jamoasi "Farishtasiz xonadon" spektakli
4%
TKTI Shahrisabz filiali "Zamondosh" jamoasi "Millat qayg'usi" she'riy dramasi
5%
SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali "Majidiy izdoshlari" jamoasi "Asalari ibrati" spektakli
3%
TTA "Darmon" jamoasi "To'lg'onoy" spektakli
62%
BuxDU "Buxoriy" jamoasi "Chor Darvesh" spektakli
12%
QarMII "Nihol" jamoasi "Afandining besh xotini" komediyasi
867 voters4.1K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:05:07
#Maxsus_reportaj

Kasbiy ta'limda yangicha
yondashuv

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.1K views04:05
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:31:45
Oliy taʼlim muassasalari tyutorlarining faoliyati tanqidiy oʻrganildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan OʻzDJTU, OʻzMU, TMI, TDPU, TATU va TTYeSI tyutorlarining yangi 2022/2023-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, jumladan, o'ziga biriktirilgan talabalar bilan ishlash rejasi, boshqa viloyatdan kelib tahsil oladigan talabalarni TTJ yoki ijara xonadonlari bilan taʼminlash borasidagi faoliyati tanqidiy oʻrganildi.

Oʻrganish natijalari haqidagi batafsil maqolani mazkur havola orqali o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
5.0K views16:31
Ochish/sharhlash