Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 73

2022-09-29 20:55:39
Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi media jamoasi ijodkor yoshlar bilan hamkorlikda "Uyg'onish" loyihasini davom ettiradi. Ushbu loyihada ilm orqali jamiyatimizga ma'rifat ulashayotgan ziyoli insonlar bilan intervyu tashkil qilinadi.

Loyihaning bu safargi mehmoni targ'ibotchi motivator Jamila Shermuxammedovaning qaynoq fikr-mulohazalari, dolzarb savollarga real javoblarini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Video havolasi:

1.7K views17:55
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:39:50
#ilmiy_amaliy_konferensiya

Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Ta'lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim va tarbiya mazmunining uygʻunligi tamoyili, shuningdek, ta'lim tizimidagi islohotlar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Konferensiya yakunida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g'oliblari diplom va esdalik sovg'alar hamda faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Batafsil ushbu havolada o'qing

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
986 views15:39
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:05:10 Ma’naviy tadbirlar – komillik ko‘zgusi

E’tirof joizki, tabarruk maskanlarimizdan biri "Adiblar xiyoboni"da muntazam o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar komillik ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Kuni kecha ham bu dargohda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi.

Batafsil ushbu havolada tanishing

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.0K viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2022-09-29 14:03:04 Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasida 300 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 5 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Batafsil ushbu havolada o'qing

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.2K viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:32:02 1-oktabr — "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan Prezident bir guruh fidoyi ustozlarni taqdirladi!

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi va unga ko'ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida fidokorona faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylar taqdirlandi.

«Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi» faxriy unvoni bilan
Mustofoyev Jumanazar Safoyevich — Buxoro davlat universiteti Qorakoʻl akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Formanov Shakir Kasimovich — Oʻzbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Tuxliyev Nurislam — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abduvalitov Yergash Buranevich — Toshkent davlat pedagogika universitetining qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Maxmudov Ravshanbek Jalilovich — Guliston davlat universitetining milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi professori

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Babadjanov Xushnut — Urganch davlat universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xorazm viloyati
Ismailova Shoira Pulatovna — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining informatika fani oʻqituvchisi
Olimova Zevar Sultonovna — Vobkent sanoat va transport texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi

«Doʻstlik» ordeni bilan
Azimov Mumin Usmanovich — Koʻkdala tumanidagi Chiroqchi pedagogika kolleji direktori, Qashqadaryo viloyati
Annayev Tuxtash Jurayevich — Termiz davlat universitetining Oʻzbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
Axmedov Ashraf — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti sharq xalqlari fani va madaniyati tarixi boʻlimi boshligʻi
Nurullayeva Nigora Nazirovna — Urganch davlat universiteti akademik litseyining nemis tili fani oʻqituvchisi

«Shuhrat» medali bilan
Doniyorov Sodiq Holiqovich — S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining kimyo fani oʻqituvchisi
Ulugʻberdiyeva Gulchehra Aliqulovna — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
1.6K views07:32
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:05:02
"Islohotlar bilimdoni" respublika ko‘rik- tanlovining final bosqichi davom etmoqda!

Hozirda "Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra" nominatsiyasi bo'yicha quyidagi kafedralar chiqish qilishmoqda:
ToshDO‘TAU Til nazariyasi kafedrasi
TDIU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
NamDU Arxeologiya kafedrasi
O‘zMU Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi
CHDPU Musiqa ta’limi kafedrasi
DTPI Tarix va falsafa kafedrasi
TTA UF Ijtimoiy fanlar kafedrasi
QDU Elektr texnikasi va metrologiya kafedrasi

Ta’kidlash joizki, hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarning ishlari shaffof va oshkora baholanmoqda. Nomzodlar orasidagi eng yuqori natijaga erishgan 15 nafar g‘oliblar tez fursatlarda aniqlanadi.

Jarayonlarni @manaviyateduuz sahifasida kuzatib boring.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.5K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash
2022-09-29 07:41:10 Talabalar turar joylarini o'rganish davom etadi!

Joriy yilning 27-sentabr kuni Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari hamda Transport prokraturasi vakillari Toshkent davlat transport universitetining talabalar turar joylariga tashrif buyurishdi.

Batafsil o'qish
1.6K viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:02:02
Ish izlayotgan talabalar diqqatiga!

O‘qishdan bo‘sh vaqtlaringizda foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lib, malaka oshirish hamda yaxshi daromad istagingiz bormi? Bitiruvchi kurs sifatida ish faoliyatingizni qayerda boshlash haqida o'ylab yuribsizmi?

Unda sizni Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkasi taklif qilamiz.

Yarmarka 2022-yilning 29-sentabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Talabalar shaharchasidagi Beruniy xiyobonida bo'lib o'tadi.

Barcha talaba-yoshlarni, ayniqsa, bitiruvchi kurs talabalari va magistrlarni ushbu yarmarkaga taklif qilamiz. Siz o'zingizga munosib ish o'rnini topishingizga ishonamiz. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Manzilni lokatsiyasini ko'rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.3K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-09-28 14:10:35
"Islohotlar bilimdoni" respublika ko‘rik- tanlovining jarayonlari davom etmoqda

Ayni damga qadar talabalar o‘rtasida "Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi" nominatsiyasi yakunlanib, "Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi" nominatsiyasi ishtirokchilari o‘z taqdimotlari bilan qatnashmoqdalar.

Navbatdagi nominatsiyalar bo‘yicha esa "Eng yaxshi tyutor", "Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra" hamda "Yilning eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi" nominatsiyalari taqdimotlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz,tanlovning yakuniy bosqichida qatnashayotgan jami 59 nafar ishtirokchilardan g‘olib deb topilganlar yakunda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti
.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
7.4K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-09-28 09:10:03
"Islohotlar bilimdoni" Respublika ko'rik-tanlovini final bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Ta’kidlash joizki, 10-15 daqiqalik taqdimotda ishtirokchilar sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazmoqdalar.

Ko‘rsatilgan 5 ta shartga ko‘ra, nomzodlarning tayyorlagan taqdimoti, notiqlik mahorati, shaxsiy imidjining borligi, yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar mohiyatini izchil, mantiqiy asoslash qobiliyati, daxldorlik tuyg‘usining namoyon etilishi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berishga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning baholash mezonlari 5-10 ballik tizim bo‘yicha baholanishi lozim. Jarayonlarni @manaviyateduuz sahifasida kuzatib boring.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
7.3K views06:10
Ochish/sharhlash