Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 74.05K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-30 18:04:36
13.2K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2024-04-27 20:54:08
16.6K viewsedited  17:54
Ochish/sharhlash
2024-04-26 07:24:28 #kun_tarixi
Bugun 26-aprel haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

BMT - Butunjahon intellektual mulk kuni.
Xalqaro Chernobil fojeasini xotirlash kuni.
Tashxis qo‘yilmagan bolalar kuni.
Xalqaro uchuvchilar kuni.
Xalqaro kotibalar kuni.

Moskva davlat universiteti tashkil topdi (1755).
Rus animatorlari ilk bor qo‘g‘irchoq film yaratishdi (1912).
London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi (1921).
Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi (1966).
Insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi (1986).
Amir Temur” ordeni ta'sis etildi (1996).
O'zbekistan Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni ta'sis etildi (1966).
Chernobil” kompyuter virusi dunyo bo‘yicha taxminan yarim million kompyuterni zararladi (1999).

Ingiliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri Defo Daniel tavallud topgan kun (1660).
O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi Lutfixonim Sarimsoqova tavallud topgan kun (1896).
Jarroh va gerontolog olim, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Rahim Nurmuhamedov tavallud topgan kun (1925).
O‘zbekistan xalq artisti Botir Zokirov tavallud topgan kun (1936).
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tavallud topgan kun (1938).
O‘zbekiston xalq shoiri jamoat arbobi Muhammad Yusuf  tavallud topgan kun (1954).
Xonanda, O‘zbekiston Respublkasida xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov tavallud topgan kun (1974).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.1K views04:24
Ochish/sharhlash
2024-04-25 16:50:30 #milliy_qadriyatlar_sayli

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi 3-kunidan fotolavhalar

Fotolavhalarni ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.8K views13:50
Ochish/sharhlash
2024-04-25 09:18:30
#milliy_qadriyatlar_sayli

“Milliy qadriyatlar sayli”ning 3-kunida xiyobon har kungidan-da gavjum!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boshchiligida Adiblar xiyobonida 3 kun davom etgan adabiyot va milliy qadriyatlar bayrami bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Uch kun ichida Toshkent shahridagi 100 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olgan ushbu tadbir bugun ham ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zining eng yuqori, avj pallasida davom etmoqda.

Xiyobonda oliy ta’lim muassasalari tomonidan Zakovat intellektual o‘yinlari, QvZ jamoalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda karaoke, Erkin mikrafon loyihalaridagi jonli ijrodagi chiqishlar saylga tashrif buyurganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat va adrenalin ulashmoqda.

Agar Toshkentda bo‘lib turib, hali ham “Milliy qadriyatlar sayli”ga tashrif buyurmagan bo‘lsangiz, hali sizda imkon bor.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
15.2K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash
2024-04-25 07:16:14 #kun_tarixi
Bugun 25-aprel haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni.
Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi. Bu kun Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan qizlar va yosh ayollarni raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi ishtirokini rag‘batlantirish muhimligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro delegatlar kuni.
Butunjahon pingvinlar kuni.

Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.

Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo ” romani birinchi nashri chop etildi (1719).
Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi (1783). 
Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi (1826).
Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi (1867).
AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi (1901).
Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi (2022).

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Hamid Gʻulom tavallud topgan kun (1919).
Badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Kamola Irnazarova tavallud topgan kun ((2002).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
14.2K views04:16
Ochish/sharhlash
2024-04-24 19:33:01 #milliy_qadriyatlar_sayli

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi 2-kunidan fotolavhalar

Fotolavhalarni ko‘rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
12.8K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-04-24 18:23:10
16.6K viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2024-04-24 07:17:34 #kun_tarixi
Bugun 24-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda roʻy bergan muhim voqealar bilan tanishing.


Oziq-ovqat chiqindilarini toʻxtatish kuni.
Oziq-ovqat chiqindilarini toʻxtatish kuni har yili aprel oyining oxirgi chorshanba kuni kuzatiladi. Bu oziq-ovqat chiqindilari muammosi toʻg'risida xabardorlikni oshirish va odamlarni oziq-ovqat chiqindilari miqdorini kamaytirish uchun qoʻllaridan kelganini qilishga undashga qaratilgan global harakatlar kuni.
Butunjahon laboratoriya hayvonlari kuni.
Xalqaro haykaltaroshlik kuni.
Xalqaro koʻp tomonlama va tinchlik uchun diplomatiya kuni.
Xalqaro shovqindan xabardorlik kuni.
Xalqaro yoʻlboshchi itlar kuni.


Kongress kutubxonasi ochildi((1800).
Gazlangan suv AQShda patentlandi (1833).
K.P.Fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi (1867).
II Jahon urushi: Buyuk Britaniya oʻz qo‘shinlarini Gretsiyadan olib chiqa boshladi (1941).
AQShda ilk bor jahonda sun’iy yoʻldosh orqali shaharlararo televideniye ko‘rsatuvlarini uzatish yoʻlga qoʻyildi (1962).
Xitoy birinchi sun’iy yoʻldoshini ishga tushirdi (1970).
Windows Server 2003 chiqarildi (2003).

O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov tavallud topgan kun (1926).
Grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Algimantas Chetkauskas tavallud topgan kun (1931).
Naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi Abdugʻani Karimov tavallud topgan kun (1954).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
13.2K views04:17
Ochish/sharhlash
2024-04-22 10:54:39
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan 18-19-aprel kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyurdi.

Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi va “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning muzokaralari tor doiradagi uchrashuvdan boshlandi, so‘ngra ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar. Tashrifning ilk kuni Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturi bilan yakunlandi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildilar.

Tashrifning 2-kunida davlatimiz rahbari bir qator rasmiy shaxslarni qabul qildi. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan birga O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosini tantanali ochib berdilar. So‘ngra, Dushanbeda tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Prezident Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
18.4K views07:54
Ochish/sharhlash