Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 76

2022-09-07 17:06:50
"Yosh menejer" dasturining 4-mavsumi rasman start olganini ma'lum qilamiz!

Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlarni rasmiy saytimiz yoshmenejer.uz dan olishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tishda quyidagilarga e'tibor qaratish talab etiladi:
— Ma'lumotlar to'g'ri va to'liq kiritilishi;
—CV (Rezyume) to'g'ri yuklash (rasm emas);
— Motivatsion xatda so'z cheklovlarini inobatga olgan holda fikrlarni yoritib berish.


Dasturning 4-mavsumi uchun ro'yxatdan o'tish 1-sentabr sanasidan 15-sentabrgacha davom etadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/Qe5uT47GHSRfj19E7

Murojaat uchun: @young_manager_support

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.6K viewsedited  14:06
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:53:02
Birinchi O‘zbekiston-Isroil akademik forumi Buxoro shahrida

Forum doirasida oliy ta’limning zamonaviy masalalari muhokamasi, “STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) fanlari konferensiyasi”, davra suhbatlari, tibbiyot, axborot texnologiyalari, muhandislik sohalari mutaxassislarining mahorat darslari ham o‘rin olgan.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
669 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-09-07 15:48:21
Bo'lajak shifokorlar uchun zamonaviy kutubxona

Yangi O‘zbekistonni erkin fikrlaydigan, yuksak intellektual salohiyatga ega yoshlar bunyod etadi. Bugun ularning dunyo standartlari talabi darajasida ta’lim-tarbiya olishi esa davlatimiz tomonidan amalga oshiralayotgan izchil islohotlarning asosini tashkil etadi.

Batafsil

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.5K views12:48
Ochish/sharhlash
2022-09-07 14:25:02
Talabalarni turar joy bilan qamrab olish - shu kunning muhim vazifasi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
945 viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:39:11
Yangi oʼquv yili boshlanishi bilan poytaxtimizda talabalarni turar-joy bilan taʼminlash dolzarbligi yanada ortadi. Shuni hisobga olib, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi “Studentning boshpanasi” loyihasini boshladi. Bu xususda kengash raisi Furqat Mahmudxoʼjayev murojaat bilan chiqdi.

Mavzu boʼyicha taklif va tavsiyalaringizni havola orqali yuborishingizni iltimos qilamiz.

Новый учебный год стартовал, а значит, возросла актуальность обеспечения студентов жильём. Общественный совет при хокимияте Ташкента запустил проект «Кров для студента»; его председатель Фуркат Махмудходжаев обратился с вопросами по этой теме.

Свои рекомендации и предложения по теме просим направить по ссылке.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.2K views08:39
Ochish/sharhlash
2022-09-07 07:27:59
Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni Talabalar turar joyiga joylashtirish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

6-sentyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

Fozilbek Farhodov institut rektori boshchiligida Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, talabalarni qabul qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar turar joyida joylashgan talabalar bilan suhbatlashib, TTJga joylashtirilish jarayonlari haqidagi fikrlarini tingladi va talabalik davridan samarali foydalanish borasida tavsiyalar berdi.

Tashrif yakunida shu kunga qadar shaffof tashkil etilayotgan TTJga joylashtirish jarayonlari bundan keyin ham shu tartibda davom ettirilishi va TTJda yangi toʻgaraklar tashkil etilishiga tavsiyalar berib, toʻgaraklar tashkil etilishida doim hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.2K views04:27
Ochish/sharhlash
2022-09-06 18:57:43
Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidirib yurgan talabalar bisyor. Ularning muammolarini oʻrganish va yaqindan yordam berish uchun Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan, xalq tili bilan aytganda "uy bozor”da boʻldilar.

Tashrif davomida talabalarning turar joy boʻyicha muammolari oʻrganildi. Natijada OʻzMU, TDSHU, TMI, TTA, OʻzDSMI, TDTU, OʻzDJTU, TDTrU, TDPU va yana bir qancha OTM talabalarining 50 ga yaqini ijaraga joylashtirildi. Bu jarayon talabalar toʻliq turar joylar bilan ta'minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo'ladi.

Shu oʻrinda barcha ijaraga turar joy izlab yurgan talabalarga oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha sizlarga amaliy yordam berishlari kerakligini eslatib oʻtmoqchimiz. Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilsa @manaviyatedubot orqali murojaat qiling.

Telegram | YouTube
2.1K views15:57
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:21:48
#dayjest

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Talaba va o'quvchilarning ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish markazi direktori Fozilbek Farhodov TDIUda talabalarni kutib olish va TTJga joylashtirish jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

FarPI hududida har bir fakultetlar miqyosida “Talabalar turar joyi” uchun arizalar qabul jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

QarDUda talabalarni yotoqxonaga joylashtirish markazi talabalarga ko‘makchi bo‘lmoqda.

UrDUga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish maqsadida oʻtkazilayotgan “Orientation Week” haftaligi doirasida rahbariyatning talabalar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

TATU Nukus filialida yangi 2022-2023-o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

5-sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2022-2023-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.0K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:18:23
#TerDU | #TTJ

TerDU
da talabalarni yotoqxonaga joylashtirish ishlari davom etmoqda

Talabalarining TTJga joylashishi uchun yengillik, qulaylik yaratish maqsadida imtiyoz va imkoniyatlar yaratildi.

Oliygohda TTJga joylashish uchun maxsus platformasi orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi. TTJ uchun bir oylik to‘lov miqdori 135 ming so‘m etib belgilandi.

Endilikda talabalar turar joylariga ehtiyoji bor talabalar online shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. Arizalar tegishli fakultet ishchi guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.1K views10:18
Ochish/sharhlash
2022-09-05 16:30:48
#Bilasizmi

OTMda o‘qiyotgan ayrim talabalarga kontraktining bir qismi qoplab beriladi

Texnikumlarda yoki OTM (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali)da o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi-talabalarga kontrakti bir qismi qoplab beriladi.

Bunda yoshlar yetakchisi ijobiy tavsiyasi bilan kontrakt 50 foizigacha, biroq BHM 50 baravaridan oshmagan qismi to‘lab beriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
841 views13:30
Ochish/sharhlash